Rossiyada Ukraina bilan harbiy nizo boşlanganidan keyin 3000 dan ortiq internet sayt - yangiliklar naşrlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat taşkilotlari, savdo va IT-kompaniyalar bloklandi, deb xabar berdi payşanba, 5 may kuni «Roskomsvoboda» inson huquqlari loyihasi. Aksariyat onlayn-sahifalarga kiriş Rossiya Boş prokuraturasi talabiga binoan çeklandi. 

Xususan, mart oyida Boş prokuratura Twitter, Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga kirişni bloklaşni talab qildi. Ularning egasi - Meta kompaniyasi «ekstremistik» deb tan olingan. Taqiqlangan resurslar röyxatiga köplab media saytlari ham kirdi. Ayrimlari esa Boş prokuraturaning turli qarorlari bilan ikki marta bloklandi. 

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, bir neçta onlayn kinoteatrlar va qaroqçilik saytlari ham taqiqlangan resurslar reyestriga kiritilgan. «Roskomsvoboda» bunga uşbu saytlarda Ukrainaga aloqador ijobiy ma’lumotlarning e’lon qilinişi sabab bölgan, deb hisoblaydi. 

Xuddi şu sababga köra, savdo va IT-kompaniyalarning internet saytlari, şuningdek, öyin saytlari, jumladan, maşhur S.T.A.L.K.E.R. 2 öyini sayti va Chess.com şaxmat sayti ham taqiq ostida qoldi.

«Roskomsvoboda» ta’kidlaşiça, bloklaş mart oyi boşida kuçga kirgan «feyklar töğrisidagi qonun» qabul qilinişidan oldin boşlangan. Uşbu qonunga köra, Rossiya qurolli kuçlari faoliyati töğrisida yolğon ma’lumot tarqatiş 1,5 million rublgaça jarima yoki 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.