Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev Moskva bilan muzokaralarga tayyorligini, ammo Rossiya tomonining ultimatumlarini qabul qilmasligini aytdi.

"Biz muzokaralarga tayyormiz. Ammo Rossiyaning ultimatumlarini qabul qilişga tayyor emasmiz", - dedi u Die Welt naşriga bergan intervyusida. 

Şu bilan birga, Kuleba Rossiya muzokaralar stoliga ötirişni istamayotgani, balki harbiy harakatlarni davom ettirmoqçiligini ta’kidladi. 

"Asl muammo şundaki, Rossiya real va mazmunli muzokaralarga tayyorligini körsatmayapti", - dedi Ukraina taşqi işlar vaziri.

Uning sözlariga köra, "Kiyevga ğalaba uçun uçta narsa kerak: ukrainça matonat, fe’l-atvor va jangovar qudrat, kerakli qurollarning yetkazib berilişi va Rossiyaga qarşi sanksiyalar".

"Agar uçala omil birlaşsa, biz bu uruşda ğolib çiqamiz", - dedi Kuleba.

Ukraina taşqi işlar vazirining fikriça, Yevropa "Rossiya nefti va gazini sotib olişda davom etadigan bölsa, Rossiya harbiy maşinasini töxtatib bölmaydi".