Latviya Taşqi işlar vazirligi 102 nafar Rossiya fuqarosini, asosan rossiyalik madaniyat arboblarini istalmagan şaxs deb e’lon qilib, mamlakatga kirişini noma’lum muddatga taqiqladi.
Latviya diplomatik idorasining 13 may, juma kuni e’lon qilingan bayonotida aytilişiça, yangi qora röyxatdagi şaxslar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada harbiy harakatlar boşlaş töğrisidagi qarorini faol qöllab-quvvatlagan va Rossiyaning bu mamlakatdagi harakatlarini oçiq oqlab kelmoqda.
Boşqalar qatorida, röyxatga aktyorlar Nikolay Burlyayev, Vasiliy Livanov, Vladimir Gostyuxin, Aleksandr Pankratov-Çerniy, Boris Şçerbakov, Boris Galkin, Igor Petrenko, Aleksandr Paşutin, qöşiqçi Tatyana Petrova, aktrisa Anna Tixonova, rassom Mixail Poletayev, rejissyor Yuriy Kara, qöşiqçi şoir Aleksandr Şaganov, musiqaçi Konstantin Bubnov kiritildi.
Mart oyi oxirida Latviya Taşqi işlar vazirligi nomaqbul şaxslar röyxatiga Ukrainaga bostirib kirişni qöllab-quvvatlagan 25 nafar rossiyalik madaniyat arbobi, jumladan teleboşlovçilar va jurnalistlarni kiritgandi.
Ular orasida Mariya Sittel, Dmitriy Guberniyev, Tina Kandelaki, aktyor Vladimir Maşkov, musiqaçilar Nikolay Rastorguyev va Polina Gagarina, rejissyor Nikita Mixalkov bor.












