Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangiqörgon tumani Iskovot—Baliqköl yönalişidagi Begabod soyda 22 may kuni kuçli sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, şu kuni viloyatda yoğgan yomğir oqibatida Iskovot—Baliqköl yölining 6–7-kilometrlarida joylaşgan köprikning çap tomoni qisman yemirilgan. Hodisada hududdagi aholi yaşaş xonadonlari, ekin maydonlariga zarar yetmagan.

Foto: Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi

Hozirda köprik töliq nazoratga olingan. Sel keliş xavfining oldini oliş va uni bartaraf etiş maqsadida Namangan viloyati FVB xodimlari şay holatda turibdi.