Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, tezkor tadbir xizmatning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi, viloyat Bojxona va Içki işlar boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Tadbir davomida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi xususiy korxona rahbari va işçisi bölgan aka-uka taşkil etgan yaşirin ombor aniqlangan. Ular 1983 va 1986-yillarda tuğilgan.

Yertölani közdan keçiriş jarayonida 412 turdagi jami 67 923 birlik dori vositasi topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Ularning umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd söm deb baholangan.

Dori vositalari böyiça sudga oid kimyoviy va tovarşunoslik ekspertizalari tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.