Prezident raisligida sportni ommalaştiriş, sport ta’limini yaxşilaş va iqtidorli sportçilarni tayyorlaş böyiça yiğiliş boşlandi.
Yiğilişda sönggi beş yilda sportni rivojlantirişga qariyb 4 trillion söm yönaltirilib, 118 ta yangi yirik sport obektlari foydalanişga topşirilgani va 110 ta obekt rekonstruksiya qilingani ta’kidlandi.
Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard söm (2017 yildan 5 baravarga köp), şundan sport ta’lim muassasalari uçun 1 trillion 200 milliard söm ajratildi.
Ilk bor barça mahallalardagi yoşlar yetakçilari, maktablarning jismoniy tarbiya öqituvçilari va sport maktablari trenerlari iştirokida yoşlarni sportga jalb etiş böyiça yangi beş bosqiçli musobaqalarga start berildi.
Aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoşlar qamrab olindi.
«Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan şaroitlarga hali mos emas», dedi davlat rahbari.

Sport maktablari bilan olimpiya zaxiralari kollejlari va oliy sport mahorati maktablari örtasida seleksiya borasida uzviy «zanjir» yölga qöyilmagani qayd etildi.
Misol uçun, respublikadagi 279 ta bolalar va ösmirlar sport maktabining 190 tasida 36 ta olimpiya sport turidan bor-yöği 10 tasi örgatiladi.
Oqibatda, xalqaro musobaqalarda qatnaşiş uçun davlat barça taşkiliy va moliyaviy şaroitlarni yaratib berayotganiga qaramasdan, Osiyo va jahon olimpiya sporti böyiça çempionatlarida 5-6 nafardan sovrindor çiqmoqda, xolos.
6 ta oliy sport mahorati maktabi, 32 ta olimpiya sport federatsiyasi olimpiya zaxiralari kollejlari bilan işlaşni öz holiga taşlab qöygan.
Kollejlardagi 9 mingga yaqin sportçilarning 21 foizi milliy terma jamoaga kira olgan, xolos.
«Vaholanki, milliy terma jamoa tarkibini aynan şu kollejlardan çiqqan sportçilar taşkil etişi kerak emasmi? Bu masala qaysi viloyat hokimini qiynayapti?
Birorta viloyat, tuman yoki şahar hokimi sportning barça turlari böyiça tizimli işlaşni yölga qöya olgani yöq», dedi prezident.

Sidney va Rio Olimpiadalarida şuhrat qozongan Andijon, Buxoro va Farğona boks maktablari bugungi kunga kelib natija körsatmay qöygani ta’kidlandi.
Ötgan yili 352 ta respublika musobaqasi ötkazilgan bölsa-da, birorta hududda tuman bosqiçi, 158 tasida esa viloyat bosqiçi taşkil etilmagan.
«Sport vazirligini yangidan taşkil etib, vazir va örinbosarlariga aniq vazifalarni qöyganman.
Endi sportçilarni tayyorlaş va seleksiya qiliş böyiça mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi», dedi prezident.
Eng avvalo, yoşlarni bolalikdanoq sportga jalb qiliş va iqtidorli sportçilarni tayyorlaş borasidagi yondaşuvlar özgartiriladi.

Yangi tizim Buxoro viloyati misolida tuşuntirildi. Jumladan:
- har bir mahallada ikkita mavsumda (aprel-iyun, sentabr-dekabr) musobaqalar taşkil etilib, yaxşi natija körsatgan yoşlar sport bölimi va yoşlar yetakçisi tomonidan elektron röyxatga kiritiladi;
- bu yoşlar viloyatdagi 19 ta sport maktabining maxsus guruhlarida (8 oygaça) murabbiylar bilan bepul şuğullanadi;
- maxsus guruhlardagi professional sportga salohiyati bor yoşlar yönalişiga köra viloyatdagi 4 ta ixtisoslaşgan maktabga qabul qilinadi (suziş, yakkakuraş, öyin turlari va yengil atletika, badiiy gimnastika);
- sport maktabi trenerlarining iş haqi 35 foizga oşiriladi. Bundan taşqari, yaxşi natija körsatgan maktab direktorlari, trenerlar va boşqa mutaxassislarga qöşimça 50 foizgaça ustama tölanadi;
- jamoaviy sport turlari böyiça hududiy çempionatlarda sportçilari ğolib bölgan trenerlarga 5 foiz, respublika çempionatida – 20 foiz ustama beriladi;
- viloyatdagi sport maktablari ixtisosligiga qarab olimpiya sport turlari böyiça bazaga aylantiriladi.












