Yyens Stoltenbergning qayd etişiça, Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bölişi kollektiv xavfsizlikni kuçaytiradi hamda YeI va alyans örtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi.

Alyans boş kotibi avvalroq Rossiya Ğarbdan NATO bloki kengayişidan voz keçiş böyiça kafolat berişni ultimatum tarzida talab qilganini aytdi.

«Rossiya öz çegaralari oldida NATO kuçlari kamroq bölişini istadi va uruş boşladi. Ammo bugun Rossiya çegaralari oldida alyans kuçlari ança köp. Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo böliş töğrisidagi arizalari tarixiy ahamiyatga ega. Men şuningdek, Turkiyaning xavotirlarini ham tuşunaman. Buni unutmasligimiz lozim. NATOning heç bir a’zosi terrorçilik hujumlaridan Turkiyaçalik jabr körmagan va heç bir ittifoqçi qoçqinlarni Turkiyaçalik köp qabul qilmagan. Şuning uçun muloqot stoliga ötirişimiz va yeçim topişimiz kerak», - dedi Stoltenberg.

U Turkiya ham AQŞ, Buyuk Britaniya va Kanada singari Ukrainani qöllab-quvvatlab kelayotganini eslatib ötdi.

Finlandiya va Şvetsiya 18 may kuni NATOga kiriş uçun ariza topşirdi. Anqara bu mamlakatlarni terrorçi taşkilot deb e’lon qilingan Kurdiston işçilar partiyasini qöllab-quvvatlaşda ayblab, ularning alyansga a’zo bölişiga qarşi çiqmoqda.