Yilning birinçi yarmida Rossiyani 40 ming nafar IT-mutaxassis tark etdi yoki tark etadi, deb xabar berdi «RBK» «Russoft» assotsiatsiyasiga asoslanib.
«Ma’lum bölişiça, 162ta kompaniyaning 30-40 foiz rossiyalik xodimi boşqa davlatga köçişga rozi bölgan va ommaviy ravişda ketişni boşlagan. Taxminan 20-30 foizi hozirça bir qarorga kelmagan, qolganlari esa Rossiyada qolişga qaror qilgan», — deyiladi xabarda.
Rossiyani tark etganlarning barçasi Ukrainada «maxsus operatsiya» boşlangani sababli boşqa davlatga ketişga qaror qilgan. Ekspertlarning fikriça, ularning yarmi 2022 yil oxirigaça qaytib kelişi mumkin.
Ommaviy ravişda ketgan IT-mutaxassislarning aksariyati Rossiyadagi ofisini yopişga qaror qilgan xorij kompaniyalarida işlaydi.
Mamlakatni şuningdek, rivojlangan xorij bozorlarida işlaydigan va öz mijozlarini yöqotgan Rossiya kompaniyalari xodimlari ham tark etmoqda. Bundan taşqari, frilanserlar ham Rossiyani tark etayotganlar safiga qöşilgan.












