Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot ötkazdi.

Muloqot 90 daqiqa davom etdi va Ukrainadagi vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça sa’y-harakatlarga bağişlandi, deb ma’lum qildi Germaniya vazirlar mahkamasi rasmiy vakili Şteffen Hebeştrayt.

"Kansler va Fransiya prezidenti zudlik bilan öt oçişni töxtatiş rejimini örnatiş va Rossiya qöşinlarini olib çiqib ketişni talab qildi. Ular Rossiya prezidentini Ukraina prezidenti bilan töğridan töğri jiddiy muzokaralar ötkazişga çaqirdi", - dedi Hebeştrayt.

Uning aniqlik kiritişiça, muloqot Germaniya va Fransiya rahbarlari taşabbusi bilan ötkazildi.