Aholini oziq-ovqat, jumladan, çorvaçilik va parrandaçilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlaş çora-tadbirlari yuzasidan ötkazilgan videoselektorda köp hokimlar narx-navoga e’tibor qilmayotgani tanqid qilindi.

«Dunyoda kun sayin oziq-ovqat bilan boğliq çeklovlar va narxlarning ösişi kuçaymoqda. Albatta, bu bizga ham ta’sir körsatmoqda.

Lekin hamma viloyat, tuman va şahar hokimlari ham dunyoda bölayotgan vaziyatni baholab, işini töğri taşkil qilayotgani yöq. Buni bozorlarimizdagi narx-navo körsatib turibdi.

Jumladan, may oyida inflatsiya darajasi 1 foizga oşib, bu ötgan yilga nisbatan yuqori böldi.

Albatta, narx-navoning ösişiga jahon bozorlarida buğdoy narxi 50 foizga, ösimlik yoği – 33 foizga, şakar – 14 foizga, neft – 47 foizga oşgani bevosita ta’sir körsatmoqda.

Bunday şaroitda hokimlar barça içki imkoniyatlarni safarbar etib, bozorlarni mahsulotlar, eng muhimi – oziq-ovqat bilan töldiriş uçun ikki karra köproq işlaşlari şart.

Lekin köp hokimlar narx-navoga e’tibor qilmasdan, jilovni qölidan çiqarib yuborgan», dedi prezident yiğilişda.

Uç kun muddatda barça mahalla va qişloqlarda asosiy mahsulotlar bilan ta’minlaş darajasini örganib, kerak bölsa, boşqa hududlardan tezkorlik bilan yetkazib beriş vazifasi qöyildi.

Prezident asosiy maqsad – aholini rozi qiliş ekanini bir zum ham unutmaslik lozimligi, narxlarni sun’iy uşlab turib, bu masalada közböyamaçilik yoki ura-uraçilikka yöl qöyib bölmasligini ta’kidladi.

Barça şaroitlar yaratib berilganiga qaramay, 8 ta viloyatda parranda göştini yetiştiriş aholi talabining 70 foizini ham ta’minlamayotgani tanqid qilindi.

Parrandaçilik xöjaliklari bilan uçraşuvlarda 20 dan ortiq muammo va takliflar kötarilgan. Jumladan, parrandaçilik yönalişidagi 50 dan ziyod yirik korxona 50 foiz quvvatda işlamoqda. Sababi - hududlarda loyihalarni tanlaş va joylaştiriş işlari töğri yölga qöyilmagan.

Bugungi kunda bir dona tuxumning örtaça tannarxi 1 ming söm bölsa, uning ulgurji narxi 900 sömdan oşmayapti.

«Parrandaçilik korxonalari rahbarlari vaziyatni tuşunib, tuxum narxini oşirmayapti, buning uçun ularga rahmat.

Lekin qaysi viloyat, tuman va şahar hokimi ular bilan uçraşib, ozuqa yem, transport, aylanma mablağ masalalarida yordam beryapti, degan savolga, afsuski, ijobiy javob yöq», dedi prezident.

Prezident parrandaçilik xöjaliklarini yem bilan ta’minlaş masalasini töliq hal qiliş vazifasini qöydi.

Buning uçun:

  • parrandaçilik xöjaliklariga buğdoy sotib oliş uçun 400 milliard söm revolver kredit ajratiladi;
  • parrandaçilik korxonalarining aylanma mablağlarini köpaytiriş uçun olinadigan tijorat kreditlarga Tadbirkorlik jamğarmasidan garov ta’minotining 50 foiziga kafillik beriş va 17 foizdan oşgan qismini kompensatsiya qiliş tizimi joriy qilinadi;
  • pandemiya davrida parrandaçilik korxonalarining jami 834 milliard söm, şundan 2022 yilda 400 milliard söm olgan kreditlari muddati uzaytiriladi.

Bu şaroitlardan foydalanib, mutasaddilar viloyat hokimlari bilan birga, parranda göşti işlab çiqarişni yil yakuniga qadar kamida 35 foizga oşirib, 600 ming tonnaga yetkazişi şartligi körsatib ötildi. 

Parranda mahsulotlari bozorini tahlil qiliş va loyihalarni töğri joylaştiriş maqsadida mahsulotlarni işlab çiqarişdan sotişgaça bölgan barça jarayonlarni raqamlaştiriş topşirildi.