Ukrainadagi uruş, energiya taşuvçilar narxining oşişi va turk lirasining qulaşi fonida Turkiyada yillik inflatsiya may oyida oxirgi 24 yillik eng yuqori darajaga yetdi.
Turkiya Statistika institutining 3 iyun, juma kuni ma’lum qilişiça, mamlakatda iste’mol narxlari ötgan oyda yillik nisbatda 73,5 foizga oşgan va bu 1998 yil oktyabr oyidan beri eng yuqori ösişdir.
Inflatsiyaning tezlaşişi ketma-ket 12-oy kuzatilmoqda. Bu, asosan, transport sohasida narxlarning oşişi (bir yilda 107,6 foizga ösiş), şuningdek, oziq-ovqat va içimliklar qimmatlaşişi (ösiş 91,6 foiz) bilan boğliq. Turkiyada iste’mol narxlari oylik hisobda 2,98 foizga kötarildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan iqtisodiy ösiş va eksportni rağbatlantiriş uçun foiz stavkalarini pasaytiriş tarafdori bölib, yuqori qarz xarajatlari inflatsiyaga sabab bölayotganini ta’kidlayapti. Bu pozitsiya örnatilgan iqtisodiy holatga ziddir. Turk lirasi ötgan yili AQŞ dollariga nisbatan qiymatining 44 foizini yöqotdi.
Gaz, neft va don narxining oşişiga olib kelgan Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari Turkiyadagi vaziyatni yanada oğirlaştirdi, deya qayd etadi AP agentligi.












