Keça, 5 iyun kuni soat 20:21 da Samarqand viloyati Narpay tumani “Sari bozor” MFYda joylaşgan oziq-ovqat dökonlarida yonğin sodir bölayotgani töğrisida tuman FV bölimiga xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga 5 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yonğinga soat 20:35 da yetib borgan va soat 22:10 da yonğin töliq bartaraf etilgan.

Ma’lum qilinişiça, yonğin natijasida 3 ta oziq-ovqat dökonining taxminan 70 kvadrat metr maydonida şift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari yonib, zararlangan.

Öz navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda 10 dan ortiq dökonning yonayotgani tasvirlangan.

FVV xabariga köra, hodisa oqibatida halok bölgan va jabrlanganlar yöq. Hozirda tergovga qadar tekşiriş işlari olib borilmoqda.

https://ok.ru/videoembed/3414900476607