8 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining birinçi örinbosari Amina Muhammad bilan uçraşuv ötkazdi.

Jahonning boş halqaro taşkiloti delegatsiyasi tarkibida uçraşuvda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari Olga Algayerova va BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana ham iştirok etdi.

Mamlakatimizda Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşiriş doirasida BMTning institut va markazlari bilan köp qirrali va samarali hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Delegatsiya rahbari Özbekiston yetakçisiga taşkilot Boş kotibi Antoniu Guterrişning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ta’kidlanganidek, BMT davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan oçiq va pragmatik siyosatni, şuningdek, Yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan hamda 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasidagi global kun tartibining asosiy vazifalariga töliq mos bölgan tub islohotlar dasturini yuksak baholaydi.

Bugungi kunda Özbekiston BMTning barça tuzilmalari bilan faol hamkorlik qilmoqda – birgalikda turli yönalişlarda 200 dan ziyod loyihalar amalga oşirilmoqda. Mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi a’zosidir.

Keyingi yillarda Özbekiston taşabbusi bilan taşkilot Boş Assambleyasining qator muhim maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi. Bundan taşqari, ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilingan Orolböyi mintaqasi böyiça BMT Trast fondi taşkil etildi.

BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, YuNeSKO, YuNIDO, FAO, global taşkilotning boşqa tuzilmalari bilan samarali amaliy hamkorlik kengaymoqda.

Uçraşuvda faol muloqot va almaşinuvlarni davom ettiriş, Özbekistonda Barqaror rivojlanişning, eng avvalo, aholi turmuş sifatini yaxşilaş va farovonligini yuksaltirişga qaratilgan asosiy maqsadlari ijrosini ta’minlaş uçun hamkorlikni mustahkamlaş va qöşma tadbirlarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Kambağallikni qisqartiriş, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, soğliqni saqlaş va ta’lim sohalarida keng kölamli islohotlarni ilgari suriş, gender tenglik böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş, “yaşil” energetikani jadal rivojlantiriş, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy qiliş, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va boşqa  masalalar yana bir bor şeriklikning ustuvor sohalari sifatida qayd etildi.

Xalqaro siyosat masalalari va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almaşildi.

BMT Boş kotibining birinçi örinbosari Amina Muhammad Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqada döstlik, yaxşi qöşniçilik, işonç va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşda ulkan muvaffaqiyatlarga erişganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Özbekistonning Afğonistonda bardavom tinçlikni ta’minlaşga hamda uşbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanişiga, şu jumladan yirik transport va energetika loyihalarini ilgari suriş orqali kömaklaşiş borasidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatladi.

Muzokaralar yakunida Özbekiston Respublikasining Birlaşgan Millatlar Taşkiloti institut va tuzilmalari bilan keng kölamli hamkorligini qabul qilingan “yöl xarita”lari asosida yanada rivojlantiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar majmuini amalga oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.