Yelçaninovning aytişiça, Rossiya harbiy işlab çiqariş kompleksi yuqori quvvatda, tinimsiz işlamoqda. Köpçilik zavodlar ikki smenada işlayapti, ba’zilari uç smenali uzluksiz işlaş tizimiga ötgan. Uning aytişiça, korxonalar Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va boşqa kuç işlatar tuzilmalardan taşqari özini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi» militsiya xizmatlari buyurtmalariga asosan qurol işlab çiqarmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi öqdori buyurtma qilişni oşirgan: «Aniq yetib boruvçi öqdorilar işlab çiqariş birlamçi maqsad bölib turibdi. Keyingi örinlarda ehtiyojga qarab uçuvçisiz texnika, aviatsiya va zirhli texnika buyurtma qilişmoqda», degan Yelçaninov.

Uning aytişiça, Rossiya harbiylar ehtiyojlarini qoplaşdan taşqari qurol-yaroq hamda harbiy texnika zaxiralarini töldirişga e’tibor qaratgan, şu sabab ba’zi zavodlar tinimsiz işlaş rejimiga ötgan, barça zaxira texnika va işçi kuçlari jalb qilingan.