Rossiya fuqaro aviatsiyasi tarixida juda köp halokatlar sodir bölgan. Ular orasida 1994 yil Kemerovo viloyatida halokatga uçragan Airbus A310 samolyoti alohida örin egallaydi. Mazkur samolyotning halokatga uçraşiga ekipaj komandiri Airbus A310 boşqaruvini voyaga yetmagan öğli va qiziga topşirgani sabab bölgan.

Kemerovoda halokatga uçragan Airbus A310 1991 yilda işlab çiqarilgan va öşa yili kuzda ilk sinov parvozini amalga oşirgan. Samolyotni 1992 yilda Aeroflot aviakompaniyasi lizing şartlari asosida sotib olgan.

Airbus A310 halokatga uçragan kungaça unda biron marta texnik nosozlik kuzatilmagan va samolyot 5 375 soat parvoz qilib, 846 marta uçiş-qönişni amalga oşirgandi.

Airbus A310 samolyoti qariyb 200 nafar yölovçi örniga ega bölsa ham, öşa kuni uning bortida 63 nafar yölovçi va 12 nafar ekipaj a’zolari bölgan.

Yölovçilarning 40 nafari va ekipaj a’zolari Rossiya fuqarolari bölgan. Bundan taşqari Airbus A310 bortida 6 nafar Xitoy, 6 nafar Hongkong, 5 nafar Tayvan, 4 nafar Buyuk Britaniya, 1 nafardan Hindiston va AQŞ fuqarolari bölgan.

Yölovçilar orasida taniqli kinorejissyor Igor Aleynikov va Rossiyadagi «Ximvolokno» korxonasi boş direktori ham bölgan.

Halokat

Airbus A310 Moskva vaqti bilan soat 20:39 da Şeremetevo aeroportidan havoga kötariladi. Soat 00:26 da ekipaj komandiri Kudrinskiy uçuvçilar kabinasiga 13 yoşli qizi Yana va 15 yoşli öğli Eldarni çaqiradi.

Samolyot Kemerovo viloyatida joylaşgan Novokuznetsk şahri tepasidan uçib ötayotganida Kudrinskiy qoidalarga zid ravişda samolyot boşqaruvini qizi va öğliga beradi. Bu paytda ekipajning boşqa a’zolari samolyot salonida dam olayotgandi. Şuningdek, uçuvçilar kabinasida Kudrinskiyning dösti ham bölgan.

Kudrinskiy samolyot boşqaruvini bolalariga berişdan avval avtomatik boşqaruv tizimini yoqadi. Ikkita şturvalni bolalariga topşirgaç, u xotirjam holda dösti bilan samolyot saloniga çiqadi.

Samolyot boşqaruviga ötirgan Eldar qiziqiş bilan oldida qator turgan tugmalarni bosib köra boşlaydi. Ana şunda u özi bilmagan holda avtomatik boşqaruv tizimini öçiradi. Keyin esa samolyotning aerodinamik boşqaruv tizimini işga tuşirib yuboradi.

Şundan söng samolyotning boşqaruv tizimi öça boşlaydi va bu haqda ogohlantiriş çiroği yonadi. Ammo Airbus A310 samolyotida avtomatik boşqaruv tizimining öçiş signali ovozsiz bölgani uçun ekipaj a’zolari buni sezişmaydi. Oqibatda boşqaruvsiz qolgan samolyot silkina boşlaydi. Uçuvçilar buni odatdagi havo böşliği bilan töqnaşuv deb öylab e’tibor berişmaydi.

Foto: www.frequentflers.ru

Samolyotning silkinib qulayotgani haqida birinçi bölib şturvalni boşqarib ketayotgan Eldar sezib qoladi va darhol otasiga xabar beradi. Eldar şturvalni öng tomonga burib yuborgani uçun samolyot qulayotganda keskin silkinib, öng tomonga oğa boşlaydi.

Kudrinskiy va yana bir uçuvçi avvaliga samolyotda nimalar sodir bölayotganini, u nega qulayotganini tuşunişmaydi. Biroz ötib samolyotda avtomatik boşqaruv tizimi öçirilganini sezib qolişgaç öz örinlariga ötirib, vaziyatni qölga olişga urinişadi. Ammo samolyot juda qattiq silkinayotgani uçun buning iloji bölmaydi.

Uçuvçilardan biri amallab joyiga ötirib samolyotni önglaşga muvaffaq böladi. Ammo bu paytda Airbus A310 yer sathiga yaqin kelib qolgan edi. Samolyotni tepaga kötarişning imkoni bölmaydi.

Samolyot Kemerovo viloyatining Mejdureçensk tumanida Kuznetsk-Olatov toğ yonbağridagi örmonga qulab tuşib, yonib ketadi. Oqibatda, samolyot bortida bölgan ekipaj a’zolari va yölovçilarning barçasi halok böladi. Bu paytda soat tungi 2:00 edi. Samolyot qulab tuşgaç, yonayotib 2 kilometrga surilib boradi va vafot etganlarning jasadi atrofga soçilib ketadi.

Foto: https://brodude.ru/

Qutqaruv harakatlari

Halokat haqida birinçi bölib öşa atrofda joylaşgan qamoqxona koloniyasida xizmat qilayotgan IIB zobiti xabar topadi. U samolyotning qulab tuşib, yonib ketganini körib qolgandi. Zobit darhol öz rahbariyatiga hodisa haqida xabar beradi.

1,5 yarim metr qalinlikdagi qor, örmon va undagi botqoqliklar qutqaruvçilar, politsiya xodimlari hamda öt öçiruvçilarning samolyot qulab tuşgan joygaça maxsus texnikalarda yetib borişiga tösqinlik qiladi. Buning ustiga havo harorati 20 daraja sovuq edi.

Qutqaruvçilar çanğilar yordamida halokat sodir bölgan joyga tonggi soat 6:00 da yetib borişadi. Bu paytda samolyotda tirik jon qolmagandi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, yölovçilardan biri, yoş yigit halokatda omon qolgan va u qutqaruvçilar yetib borişidan biroz avval vafot etgani oydinlaşadi.

Barnaul şahridan kelgan maxsus qutqaruvçilar halokat sodir bölgan joyda tört kun işlaşadi. Vafot etganlarning jasadlarini topiş, ularni katta yölda kutib turgan transportgaça olib çiqiş işlari şunça vaqtni oladi.

Samolyot halokatga uçragan joydan yölovçilarga tegişli bölgan köp miqdorda AQŞ dollari, tilla taqinçoqlar va boşqa qimmatbaho buyumlar topiladi. Qutqaruvçilar ularni talab ketmasligi uçun topilgan narsalarni, pullarni tört kun davomida içki işlar vazirligining maxsus bölinmasi qöriqlaşiga töğri keladi.

Hodisa yuzasidan ötkazilgan suriştiruvlar

Halok bölganlarning jasadlari olib ketilgaç, samolyot bölaklari ham yiğiştirib olinadi va qora quti bilan birgalikda Novokuznetsk aeroportiga olib boriladi.

Foto: www.yaplakal.com

Halokat sabablarini örganiş uçun komissiya taşkil qilinadi va eng avval qora qutidagi yozuvlar eşitilib köriladi. Ana şunda ekipaj komandirining samolyot boşqaruviga qizi va öğlini ötqazgani ma’lum böladi.

Qora qutidagi audioyozuvlar eşitib körilganda, samolyot qulab tuşa boşlagaç uçuvçilar ança vaqt davomida öz örniga ötira olmagani va Eldarga samolyot boşqaruvini önglaş uçun turli buyruqlar berişgani ma’lum böladi.

Şuningdek, uçuvçilar ança urinib, boşqaruvni öz qöliga olganda samolyot yer sathiga juda yaqin kelib qolgani oydinlaşadi.

Audioyozuvlarda Eldar uçuvçilarning maxsus terminlarini tuşunmagani va ular aytgan buyruqlarni töğri bajara olmagani eşitilib turardi. Masalan, uçuvçilar unga «şturval töğriga» deyişadi. Eldar bu buyruqni eşitib öngga oğayotgan samolyot boşqaruvini töğrilaş örniga şturvalni öşa holatda qattiq uşlab turaveradi. Oqibatda Airbus A310 öng omonga oğişda davom etadi.

Bundan taşqari, bir paytning özida otasi, uning dösti va ikkinçi uçuvçining baland ovozda ketma-ket berayotgan buyruqlari Eldarni sarosimaga solib qöyadi. Oqibatda u uçuvçilarning bironta buyruğini eplab bajara olmaydi.

Rossiyada avvaliga qora qutidagi audioyozuvlarni va halokat sabablarini yaşirişga urinişadi. «Aeroflot» tarkibiga kiruvçi «Rossiya avialiniyalari» aviakompaniyasi boş direktori Valeriy Eksuzian samolyot portlovçi modda bilan samoning özida portlatilgan, deydi.

U isbot tariqasida uçuvçilardan biri va yana 3-4 nafar yölovçining miyasi tekşirib körilganda ular portlaşdan söng hosil bölgan is gazidan zaharlangani haqida ma’lumotlar keltiradi. Bularning barçasi halok bölganlarning oila a’zolariga katta miqdorda tovon puli tölaşdan qoçiş uçun edi.

Ammo Xalqaro aviatsiya qömitasi Airbus A310 halokatiga samolyot bortidagi portlaş emas, aynan uçuvçilarning mas’uliyatsizligi sabab bölganini aytib, dalil sifatida qora qutidagi audioyozuvlarni keltiradi.

Hodisadan 1 yil ötib, 1995 yil 22 mart kuni halokat sabablari böyiça yakuniy xulosa e’lon qilinadi. Unda, halokat uçuvçilarning mas’uliyatsizligi va ekipaj komandiri Kudrinskiy boşqaruvni 13 yoşli qizi va 15 yoşli öğliga topşirgani ortidan sodir bölgani aytiladi. Şu bilan boşqa taxminlarga nuqta qöyiladi.

Şundan söng hodisada halok bölganlarning yaqinlari tovon puli talab qilib aviakompaniyani sudga berişadi. Hodisa uçun töğridan töğri javobgar bölgan «Aeroflot» har bir halok bölgan yölovçi uçun 20 ming dollardan tölab beradi.

Keyinçalik ma’lum bölişiça xorijiy parvozlar bilan muammo kelib çiqmasligi uçun «Aeroflot» halok bölgan xorijliklarning oila a’zolariga 40 mingdan 100 ming dollargaça mablağ tölab bergani ma’lum böladi.

Foto: rusplt.ru

Şundan söng rossiyalik yölovçilarning oila a’zolari köproq tovon puli oliş uçun bir neça bor sudga murojaat qilişadi. Ammo natija bölmaydi.

Halokatdan xulosalar

Airbus A310 halokatidan söng Xalqaro aviayölovçilar assotsiatsiyasi sobiq ittifoq respublikalarida uçuvçilar öz işiga mas’uliyat bilan yondaşmayotgani va bu salbiy oqibatlarga olib kelayotganini aytib çiqadi. Assotsiatsiya MDH davlatlaridagi aviakompaniyalariga buning oldini oliş lozimligi haqida tavsiyalar beradi.

Halokatdan beş oy ötib, 1994 yil 1 avgust kuni «Aeroflot» özining ixtiyorida bölgan yana törtta Airbus A310 samolyotlarining parvozlarini vaqtinça töxtatadi.

Halokatdan biroz ötib «Aeroflot» Moskva-Hongkong yönalişidagi parvozda Boeing 777 samolyotidan foydalana boşlaydi. Şuningdek, parvozlar vaqtida uçuvçilar kabinasiga begona şaxslarning kirişini taqiqlovçi qoida qattiqroq nazorat qilina boşlanadi.

Şuningdek, Airbus kompaniyasi Kemerevodagi halokatda A310 samolyotida kuzatilgan jiddiy kamçiliklar ustida işlay boşlaydi. Jumladan, kompaniya Airbus A310 samolyotlaridagi avtomatik boşqaruv tizimini yoqadigan tugmaning işlaş jarayonini özgartiradi.

Keyingi işlab çiqarilgan samolyotlarda mazkur tugmani 10 kilogramm oğirlikdagi kuç bilan yoki 30 sekunddan köp bölgan vaqt mobaynida bosib tursagina işlaydigan qilib özgartirişadi.

Bundan taşqari, kompaniya avtomatik boşqaruv tizimi böyiça yana bir özgariş qiladi. Unga köra, Airbus A310 boşqarilayotganida ikki nafar uçuvçi ma’lum bir vaqtda heç qanday harakat qilmasa samolyotdagi avtomatik boşqaruv tizimi öz-özidan işlab ketadigan funksiya qöşiladi. Şundan söng Airbus A310 samolyotlaridagi xavfsizlik tizimlari ança mukammal körinişga keladi.

Ğayrat Yöldoş tayyorladi