Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 iyun kuni Toşkent yerusti halqa metrosining ikkinçi bosqiçi qurilişi bilan tanişiş çoğida jamoat transporti tarmoğini kengaytiriş va metropoliten infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça körsatmalar bergan edi.

Bugun, 13 iyun kuni prezidentga uşbu işlarni taşkil etişga qaratilgan loyihalar taqdim qilindi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qurilayotgan yerusti halqa metrosining ikkinçi bosqiçini davom ettirib, Sergeli yönalişi bilan boğlaş, zamonaviy quriliş uslublarini tatbiq etiş, metro poyezdlarini yangilaş, yölovçi oqimini yanada oşiriş reja qilingan.

Ma’lumki, yerusti metrosining ikkinçi bosqiçi doirasida beşta bekat şu yil yakunida va qolgan ikkitasi kelgusi yil Navrözda işga tuşiriş möljallangan. Bu orqali 62 ta mahalladagi 250 mingga yaqin aholi metropoliten bilan qamrab olinadi.

Şavkat Mirziyoyev barça yöllarda insonlarga qulaylik va xavfsizlik birinçi örinda bölişi lozimligini ta’kidladi. Metropoliten uçun 14 ta yangi poyezd olib keliş, yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş böyiça 2022-2025 yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturini işlab çiqiş böyiça körsatmalar berildi.

Innovatsion yondaşuvlarni keng qöllagan holda metropolitenni kompleks rivojlantiriş hamda Transport universiteti bilan birgalikda professional kadrlar tayyorlaş uçun xorijdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiliş muhimligi aytildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toşkentda jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga avtobus yönalişlari oçilib, metro bilan boğlanadi. Buning uçun qöşimça elektrobuslar xarid qilinadi.

Hisob-kitoblarga köra, Toşkent viloyatidan poytaxtga kuniga 1 milliondan ziyod yölovçi kirib keladi. Ularni metro bekatlariga yönaltirib, ham aholiga, ham transportlarga yengillik yaratiş zarurligi qayd etildi.

Zamonaviy elektropoyezdlar keltirib, “Toşkent – Hojikent”, “Toşkent – Bekobod” va “Toşkent – Angren” yönalişida tezyurar qatnov yölga qöyilişi belgilandi.

Yangi metropoliten yönalişi böyida joylaşgan mahallalarni obodonlaştiriş muhimligi ta’kidlandi.

Loyihalarni takomillaştirib, qaror loyihasi işlab çiqiş vazifasi qöyildi.