Qayd etilişiça, 15 iyun kuni soat 07:55 larda «7-Avtobus saroyi» filiali haydovçisi M.A (1991 yilda tuğilgan, staji 2016 yildan buyon) «Isuzu» rusumli avtobusni 56-yönalişda Bunyodkor şohköçasi böylab yölovçilarsiz boşqarib borayotgan bölgan.
U «Xalqlar döstligi» saroyi qarşisida piyodalar ötiş joyiga yaqinlaşayotganida, öng tomonidan yengil avtomobil keskin siqib ötişi natijasida, özidan oldinda töxtab turgan avtomobil bilan töqnaşuv sodir etmaslik uçun avtobusni çap tomonga burgan va yöl çetidagi temir simyoğoçga borib urilgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar yöq.
Mazkur yöl-transport hodisasi Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan hamda «Toşşahartransxizmat»ning yölovçi transportida harakat xavfsizligini nazorat etiş bölimi tomonidan xizmat suriştiruvi ötkazilmoqda.












