Qayd etilişiça, 15 iyun kuni soat 17:55 da Toşkent viloyati Olmaliq şahridagi «Ammafos-Maksam» korxonasi hududida ijarada faoliyat yuritayotgan «Maksam-Özbekiston» qöşma korxonasining işlab çiqariş sexida texnologik jarayon buzilişi natijasida portlaş sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisa oqibatida uşbu sexning bino konstruksiyalari buzilgan. 

Şuningdek, voqea joyiga yaqin bölgan yuk maşinasi haydovçisi tan jarohati olgan. Ayni vaqtda jabrlangan fuqaro şahar tibbiyot birlaşmasida şifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli ekani aytiladi.

Ma’lum qilinişiça, sodir bölgan vaziyat oqibatida işçi-xodimlarning halok böliş holatlari qayd etilmagan.

Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri boşçiligida viloyat hokimligi, prokuratura, IIV, Milliy gvardiya va boşqa taşkilotlar vakillari yetib borgan. 

Bildirilişiça, hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlari amalga oşirilmoqda.