Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 8 iyun kuni soat 12:00 larda, Urgut tumani Rahmatobod mahallasida yaşovçi 2006 yilda tuğilgan F.M. öğli öz ehtiyotsizligi oqibatida mahalla hududidan oqib ötuvçi kanalga tuşib ketib, çökib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekşiriş jarayonida mahallaning 65 nafar fuqarosi, tuman IIB xodimlari hamda tuman FVB mutaxassislar iştirokida F.M. suvga tuşib çökib ketgan joylar közdan keçirilgan.

2022 yil 16 iyun kuni soat 13:30 larda Boybul mahallasi hududidan ötgan Samarqand-Panjikent yölini kesib ötuvçi Yangi Darğom kanalining öng tomon qirğoğidan F.M.ning murdasi tan jarohatlarisiz topilgan.

Ölim sababini aniqlaş uçun sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan, biroq marhumning ota-onasi va yaqin qarindoşlari holat yuzasidan biror-bir kişiga da’vo va e’tirozlari yöqligini bildirişgan va ekspertizadan ötkazişga rozi bölişmagan.

Şundan söng F.M. ehtiyotsizlik oqibatida suvga tuşib çökib vafot etişi holatida biror-bir şaxsning harakati yoki harakatsizligida jinoyat tarkibi bölmaganligi sababli, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan.

Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida 9-sinf öquvçisi sinfdoşlari bilan çömilişga borib, kanalda çökib ketgandi.