Moldova prezidenti Mayya Sandu axborot xavfsizligi töğrisidagi qonunni imzoladi, unga köra Transçegaraviy televideniye töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan davlatlardan, şu jumladan Rossiyadan yangiliklar va tahliliy kontentni körsatiş taqiqlanadi. Bu haqda respublika televideniye va radio böyiça kengaş rahbari Liliana Vitsu ma’lum qildi, deb yozadi IPN mahalliy axborot agentligi.

Vitsuning sözlariga köra, qonun keyingi haftada e’lon qilinadi va kuçga kiradi, şundan söng notöğri ma’lumotlar va çalğituvçi kontentni tarqatiş uçun OAV faoliyatini vaqtinçalik bloklaşgaça bölgan jarimalar qöllaniladi. 

Qonunda dezinformatsiya «şaxsga, ijtimoiy guruhga, taşkilotga yoki davlat xavfsizligiga zarar yetkaziş maqsadida yaratilgan yolğon ma’lumotlarni qasddan tarqatiş» degan ma’noni anglatadi. Uni tarqatganlik uçun 40 ming leydan 100 ming leygaça (2 mingdan 5 ming yevrogaça) jarima, şuningdek, eşittiriş litsenziyasini 7 kungaça töxtatib turiş nazarda tutilgan. Teleradiokompaniya kengaşi qonun ijrosini nazorat qiladi. 

Parlamentdagi ovoz beriş çoğida qonun 101 deputatdan 54 nafari tomonidan qöllab-quvvatlandi – ularning barçasi hukmron «Harakat va birdamlik» partiyasi a’zolari. Muxolifat qonunni keskin tanqid qildi. «Bu birinçi navbatda Moldovada Rossiya televideniyesini yöq qilişga qaratilgan va biz har qanday taqiqlarga qarşimiz», dedi kommunist deputat Konstantin Stariş DW naşriga. 

Rossiya Transçegaraviy televideniye böyiça Yevropa konvensiyasini 2006 yilda imzolagan, ammo uni ratifikatsiya qilmagan, ya’ni Rossiya kontentiga nisbatan qonun işlaydi. Ukrainada uruş boşlanganidan beri Moldovada Rossiyaning siyosiy va harbiy yangiliklari Favqulodda vaziyatlar komissiyasi qarori bilan taqiqlangan. Qonun qabul qilinişi bilan bu taqiq çeksiz muddatga uzaytiriladi. 

Moldovada rusça kontentni qayta translatsiya qiliş Moldovada Primul in Moldova (Moldovada "Perviy"), NTV-Moldova, RTR-Moldova kanallari tomonidan amalga oşirilgan. Ijtimoiy sörov natijalariga köra, ular tomoşabinlar tanlovining eng yaxşi öntaligiga kirgan. 

2017 yilda Moldova parlamenti Rossiya yangiliklarini amalda taqiqlovçi Radioeşittiriş kodeksiga tuzatişlarni qabul qildi. Keyin qonun atrofidagi muhokama ikki yil davom etdi. Rossiya davlat dumasi buni «Rossiyaga qarşi yana bir harakat» deb atadi. 

Öşa paytda mamlakat prezidenti bölgan Igor Dodon qonunni e’lon qilişdan boş tortib, uni «aksildemokratik» deb atadi va hujjatni parlamentga qaytardi. Ertasi kuni parlamentdagi köpçilik deputatlar uni yana öşa tahrirda, prezident fikrini inobatga olmay qabul qilgan. Dodon yana qonunni rad etgan, biroq u ikkinçi taqdimnomadan keyin uni e’lon qilişga majbur edi. Natijada Moldova Konstitutsiyaviy sudi Dodonni vaqtinçalik lavozimidan çetlatib, prezidentlik vakolatlarini parlament raisi Andrian Kanduga topşirdi, u esa tuzatişlarni imzoladi. 2020 yilda qonun Dodonni qöllab-quvvatlagan Sotsialistlar partiyasi taşabbusi bilan bekor qilindi.