Şavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 21 iyun kuni ikki mamlakat delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara ötkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyev özaro manfaatli hamkorlik yuqori darajaga çiqqani, mamlakatlar örtasidagi döstlik riştalari va özaro anglaşuv mustahkamlanib borayotganini ta’kidlagan. Özbekiston—Ozarboyjon strategik şerikligini kengaytiriş va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitişga intiliş şartligi qayd etilgan.

Özbekiston prezidenti hamkorlik uçun mavjud salohiyatni işga soliş, ikki mamlakat iqtisodiyotini töldirib turuvçi omillardan foydalaniş zarurligini ta’kidlagan. Xususan, Mirziyoyev özaro savdo hajmini oşiriş, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş, maşinasozlik, elektrotexnika, töqimaçilik, vinoçilik, oziq-ovqat, quriliş, neft-gaz, gaz-kimyo, farmatsevtika, agrosanoat va boşqa tarmoqlarda qator loyihalarni amalga oşirişni taklif etgan. Mamlakatlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini işlab çiqiş va ilgari suriş maqsadida qöşma investitsiya fondini taşkil etişga kelişib olingan.

Şuningdek, mahsulotlarni uçinçi mamlakatlar bozoriga eksport qiliş uçun davlatlar hududidagi erkin iqtisodiy zonalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Transport kommunikatsiyalari tizimidan, şu jumladan, Boku–Tbilisi—Qars temiryölidan foydalangan holda bu boradagi işlar samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari kelişib olingan. Ikki tomonlama savdo va tovarlar tranziti yölidagi tösiqlarni öz vaqtida bartaraf etiş uçun transport vazirlari rahbarligidagi maxsus işçi guruh taşkil etiladi.

Mutasaddi vazirlarga ipakçilik klasterini taşkil etiş, ğözaçilikdagi loyihalarni ilgari suriş, innovatsion işlanmalarni joriy qiliş böyiça «yöl xaritasi»ni kelişib oliş topşirilgan.

Tomonlar yaqin fursatda ikki davlat poytaxtlari va yirik şaharlari özaro hamkorlik munosabatlarini yölga qöyişiga kelişib olgan. Özbekiston rahbari joriy yilda Toşkent şahrida birinçi Hududlar forumi va ularning sanoat salohiyatiga bağişlangan körgazmani ötkaziş taklifini ilgari surgan. Turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş ham işbilarmonlik va gumanitar aloqalarning mustahkamlanişiga xizmat qilişi qayd etilgan. Prezidentlar bu borada alohida dastur qabul qiliş va qöşma turizm yarmarkasini ötkaziş ğoyasini qöllab-quvvatlagan.

Muzokaralar çoğida madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş, jumladan, Madaniyat va kino kunlarini ötkaziş, oliy ta’lim dargohlari, ilmiy muassasalar, sport va yoşlar taşkilotlari örtasidagi aloqalarni kuçaytiriş yuzasidan qator boşqa kelişuvlarga ham erişilgan.