Prezident matbuot xizmati xabariga köra, suhbat avvalida davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni 65 yillik yubileyi bilan qutlab, mustahkam soğlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Gurbanguli Berdimuhamedovning zamonaviy Turkmanistonni barpo etiş va mamlakat xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş, Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan hissasi qayd etildi.

Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedovning Özbekistonga bölajak taşrifiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakat köp qirrali hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Savdo va sanoat, transport va logistika, energetika, qişloq xöjaligi sohalarida qöşma kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştirişga e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy hamkorlik dolzarb jihatlari, şu jumladan Afğonistonda mustahkam tinçlikni ta’minlaşga va uşbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklaşga kömaklaşiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Özbekiston yetakçisi şu kunlarda Turkmaniston poytaxtida ötkazilayotgan oltinçi Kaspiy sammiti muvaffaqiyatli ötişini tiladi.