Yangi ajratilgan yordam paketidan ikkita havo hujumidan mudofaa uçun NASAMS zenik-raketa komplekslari, HIMARS birvarakayiga öt oçuvçi raketi tizimlari uçun öq-dorilar örin olgan. 155 mm kalibrli HIMARSlar uçun 150 mingta öq-dori yuboriladi. Şuningdek, Ukraina kontrartilleriya radarlari ham oladi.

Pentagon Norvegiyaning Ukrainaga havo hujumidan himoyalaniş uçun raketa tizimlari yuborganini ham e’tirof etgan. NASAMS zenit-raketa komplekslari 1990-yillarda aynan Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace hamda AQŞning Raytheon kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilgan.

Bunday turdagi zamonaviy komplekslardan qanotli raketalar, dron, samolyot va vertolyotdan amalga oşiriladigan hujumlarga qarşi foydalaniş mumkin. Bunday komplekslarga örnatilgan raketalar 20 km.dan 180 km.gaça uzoqlikdagi, 21 km.gaça balandlikda bölgan nişonlarni yöq qila oladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu yordam paketini tarixiy deb atadi: «AQŞ prezidentiga agressorga qarşi kuraşdagi yordami uçun rahmat aytaman. Ğalaba tomon birgalikda boramiz», deb yozdi Zelenskiy Tvitterdagi sahifasida.