Balidagi G20 sammitidan söng Entoni Blinken ötgan yilning oktyabr oyidan beri birinçi marta xitoylik hamkasbi bilan uçraşdi.
    
AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken 9 iyul, şanba kuni Balidagi «katta yigirmatalik» (G20) davlatlari taşqi işlar vazirlari sammitidan söng Xitoy taşqi işlar vaziri Van I bilan uçraşdi. Bu ularning 2021 yil oktyabr oyidan beri birinçi yuzma-yuz muzokaralariga aylandi. 

«Qöşma Ştatlar va Xitoy örtasidagi munosabatlar kabi murakkab va muhim aloqalar borasida köp gapiriş mumkin», deya ma’lum qildi Blinken uçraşuv boşida. U «samarali va konstruktiv suhbat» bölişiga umid bildirdi.

Öz navbatida, Van I Xitoy raisi Si Tszinpin dunyodagi ikkita eng yirik iqtisodiy kuç örtasidagi hamkorlik va «özaro hurmat»ga işonişini ta’kidladi.

«Xitoy va AQŞ ikkita katta davlat, şuning uçun ikki davlat normal aloqalarni saqlab turişi muhim, - dedi u jurnalistlarga. - Ayni paytda bu munosabatlarni töğri yöldan davom ettiriş uçun birgalikda harakat qilişimiz kerak».