
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirining örinbosari Şuhrat Vafoyev WizzAir Abu Dhabi (BAA) boşqaruvçi direktori Maykl Berlui boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Aviakompaniyaning Abu-Dabi – Toşkent – Abu-Dabi va Abu-Dabi – Samarqand – Abu-Dabi yönalişlarida har bir yönaliş böyiça haftasiga 4 reysdan iborat muntazam qatnovlarni yölga qöyiş böyiça erişilgan kelişuvlar ahamiyati va dolzarbligi ta’kidlandi. Parvozlar joriy yil 4-çoragidan boşlab amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Arzon narxlarda xizmat körsatuvçi “WizzAir Abu Dhabi” kompaniyasi rahbariyati kam budjetli narxlarda parvoz yönalişlarini kengaytiriş böyiça rejalari bilan örtoqlaşdi.

Yangi reyslar işga tuşirilişi BAA va Özbekiston örtasida havo transportiga bölgan talabni qondiradi, çiptalar ommabopligini ta’minlaydi, ikki mamlakat örtasida yölovçilar taşiş hajmini köpaytiradi. Bu Özbekiston turizm salohiyatini röyobga çiqarişga ijobiy ta’sir körsatadi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça aniq tadbirlarni belgilab oldilar.

Ma’lumot uçun, WizzAir Abu Dhabi Abu-Dabi xalqaro aeroportida joylaşgan kam budjetli aviakompaniya bölib, BAAning ADQ davlat investitsiya kompaniyasi hamda Wizz Air Holdings xalqaro xolding tomonidan taşkil etilgan qöşma korxonasidir.











