Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya organlari sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlariga 13,7 mlrd so‘m undirib berdi
2022 yilning 1-yarim yilligi davomida jami 78 182 ta murojaat kelib tushgan.

Foto: Kun.uz
Adliya organlari tomonidan sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlariga 13,7 mlrd so‘m (ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar) undirib berildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.
Adliya vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022 yilning 1-yarim yilligi davomida jami 78 182 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 43 764 tasi qanoatlantirilgan, 23 576 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan va 6 321 tasi ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 392 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 51 tasi rad etilgan, 4 078 tasi ko‘rib chiqilmoqda.
Vazirlik va uning tizimiga hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarni ularda keltirilgan masalalar kesimida tahlil qilingan.
Unda, ularning aksariyati uy-joy bilan ta’minlash, uy-joy buzilishi va buzilgan imoratlarga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini undirish, yerga doir qonun hujjatlariga oid, tadbirkorlik, pensiya, moddiy yordam, nafaqa masalalari, mehnat nizolari, ish haqi, notariat sohasiga oid, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari xatti-harakatidan noroziligi, advokatura faoliyatiga oid, bola puli kabi muammoli masalalarni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi

16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda

16:50 / 01.01.2025