10-18 iyul kunlari Armaniston poytaxti Yerevanda 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi bölib ötdi. Dunyoning 64 davlatidan qatnaşgan 256 nafar yoşlar orasidan Özbekiston terma jamoasi a’zosi, Toşkent pediatriya instituti qoşidagi akademik litsey öquvçisi Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qölga kiritdi.
Aziza ötgan yili 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qölga kiritgandi. Jizzaxlik yoş biolog qiz Kun.uz'ga bergan intervyusida xalqaro toifadagi nufuzli olimpiadaga tayyorgarlikdan tortib, medalni qölga olgungaça bölgan voqealar, jarayonlar, hissiyotlari bilan bölişdi.
“Tarixçi bölib ketişim ham mumkin edi”
— Oilamizda dadam aniq, oyim esa tabiiy fanlarga qiziqadi. Har safar oyimning işxonasi, poliklinikaga borganimizda bemorlar qanday tuzalib, minatdorlik bildirib, çiroyli duo qilişlarini körib, juda xursand bölamiz. Şunda mendan qaysi kasbni tanlaşimni söraşganida, men oyimga öxşab şifokor bölişimni aytardim.
Keyinçalik, 5-sinf vaqtlarimda tarix fanini juda katta iştiyoq bilan öqidim, ustozimiz şijoat bilan öqitar edi. Maktabga faqat şu fan uçun borardim, desam ham böladi. Balki şu öqituvçim ketmaganida tarixçi bölib ketişim ham mumkin edi. 6-sinfdan biologiyaga qiziqa boşladim, 7-sinfdan olimpiadalarga bordim, yaxşi natijalarni qölga kiritdik. Şu tariqa, bunday közimni oçib qarasam, biologiya sohasining içida ekanman.

“Musobaqaga ilk marta oflayn qatnaşdim”
— Xalqaro biologiya olimpiadasi pandemiya sababli 2 yil davomida onlayn ötkazib kelingan. 2021 yilda Portugaliya mezbonligida ötgan onlayn musobaqada iştirok etganman, lekin oflayn şaklda birinçi marta qatnaşişim. Musobaqaning oflayn ötayotgani men uçun ham yangilik böldi.
“Xalqaro darajadagi ustozlarimdan dars oldik”
— Olimpiaga tayyorgarlik xalqaro darajadagi ustozlar bilan ötdi. 2 yil davomida ulardan örgandik. Xalqaro darajadagi ustozlarning darsi baribir boşqaça böladi. Özimizning bilgan-bilmaganlarimizni örganib, hayajonimizni bosdik.
Töğrisini aytaman, xalqaro darajadagi ustozlarning darslari mana şu xalqaro olimpiadada katta yordam berdi.

“Olimpiada ötmagunça deyarli heç kim bilan tanişmadim”
— Musobaqaga ketişimizga 1 hafta vaqt qolganida içimda: “Uyga borib, uydagilarimni körişim kerak”, degan fikr paydo böldi. Qarasam, tayyorgarliklarim yaxşi emas. Keyin uyga, Jizzaxga borib, ota-onam, bobo-buvilarimning duolarini olib, şu tariqa Armanistonga uçdik.
Borgandan keyin öşa yerning muhitiga, ob-havosiga moslaşiş uçun barçamizga 2 kun vaqt berildi. Hamma qatnaşuvçilar bir-biri bilan tanişayotgan vaqtda men çalğimay deb xonadan çiqmay ötirardim.
Tayyorgarlik bilan bölib, hatto musobaqa tugamaguniça deyarli heç kim bilan tanişmadim. Imtihon tugab, hammamiz natijani kutayotgan vaqtda xonadoşimning ismini söradim. Tört kundan beri bitta xonada turib, tanişmagandim. Ismi Karena ekan, keyin tanişib, qayerdanligini söradim.
Imtihonlar ötmagunça yelkadagi mas’uliyat oğirlaşsa oğirlaşadi, lekin kamaymadi-da. Sizni u yerda Aziza deb eslab qolişmaydi, faqatgina qaysi davlatdan kelganingizni eslab qolişadi. Sizga qarab, Özbekistondagi ta’limga baho berişadi. “Sen bu yerda özing uçun emas, ortingda turgan bayroğing uçun harakat qilyapsan”, deyişdi. Şu sabab ham hayajon, mas’uliyat katta böldi deb öylayman.

“Bu yergaça yetib kelişning özi ğalaba”
— Xalqaro olimpiadada qatnaşib, kelajak hayot uçun bir zinani bosib ötiş mumkin. Çunki u yerda juda köplab döstlar orttiriş mumkin. Xalqaro biologiya olimpiadasining vitse-prezidenti ham oçiliş marosimida mana şunday tarzda tanişib qolgan yoşlar, keyinçalik professor darajalarini olib, birgalikda turli kaşfiyotlarni qilgani haqida gapirdi.
Öşanda içimdan bu yergaça yetib kelganimiz bekorga emasligi, buning özi bir ğalaba ekani ötdi.
“Kumuş olişimga 3 ball yetmadi”
— Olimpiadada natijalar eng quyidan yuqoriga qarab öqiladi. Yopiliş marosimida mana şu röyxatni öqişni boşlaşdi, şunda uçinçi bölib mening ismim öqildi. Hayajondaman, xursandman, ammo bronza olganlarning quyisidaman.
Sahnaga çiqdim, qöllarim qaltirayapti, hamma joy yoruğ, lekin heç narsani körmayapman. Keyin ustozimdan past natija uçun uzr söradim. Ammo bilsam, kumuşga 3 ball yetmagan ekan, boşlovçi röyxatni yuqoridan pastga qarab öqigan ekan.
Albatta, bronzaning yuqorisi bilan quyisining farqi böladi. Tayyorgarligim yaxşi edi, hayajonlanganim sabab ballarni yöqotdik, ammo bu hayotimdagi unutilmas tajribalardan biri böldi.

“Vaqtni boy bermaslik kerak”
— Vaqtni boy beriş kerak emas. Misol uçun, soatga qarab, öqişim kerak deyman. Yana 5 daqiqa deb, boşqa narsalarga ham çalğib qolaman. Keyin esa keç böladi, heç narsaga ulgurmaysiz.
Demoqçimanki, vaqtni jilovlasak, unga egalik qilişimiz mumkin. Unga egalik qilolmas ekanmiz, vaqt bizga hukmini ötkazaveradi. Şuning uçun özimning tengdoşlarimga dangasalikni yengib, vaqtni töğri taqsimlaşni maslahat bergan bölardim.
Intervyuni töliq holda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi – Muhiddin Nido










