Xususan, Şahrisabz tumanida joylaşgan içki işlar boşqarmasiga qaraşli 1-TRIB avtomobil xarid qilgan fuqarolarga belgilangan ön kun muddat ötib ketgandan söng ham davlat raqamlarini tarqatmayapti.

Masalan, Yakkaboğ tumanida yaşovçi Nabijon Salimov xarid qilgan maşinasiga joriy yilning 8 iyul kuni davlat raqami oliş uçun ariza bergan. Salimovga öşa kuni davlat raqami uçun tölov qildirilgan. Biroq oradan ikki hafta ötyaptiki, u avtomobili uçun davlat raqami ololmayapti.

“Tirikçiligimiz maşina ortidan. Allaqaçon maşinani raqamsiz boşqariş huquqini beruvçi ön kunlik muddat ötib böldi. Biroq qayta-qayta murojaat qilişimizga qaramay, muammomiz hal bölmayapti. Bir kun-ikki kun kutsak ham mayli edi. Telefon qilamiz, hali raqam kelmadi, deyişadi, ba’zan tayinli javob ham berişmaydi. Yoki raqamlar yetib kelgunça şaxsiy maşinamizdan vaqtinça foydalanişga ruxsat berişsa ham böladiku. Biz hozir raqamsiz maşina boşqarsak qoida buzgan bölamiz, biroq mas’ul xodimlar qonuniy talabimizni bajarmasa ham ularga birov çora körmaydi”, – dedi Nabijon Salimov.

Salimov yengil maşinani bozordan sotib olganini aytmoqda. Biroq avtomobilni salondan xarid qilganlarda ham ahvol şu, davlat raqamlari tarqatilmayapti.

Yakkaboğlik yana bir fuqaro Alişer Xöjayev ham joriy yilning 9 iyul kuni davlat raqami oliş uçun  IIB YHXB 1-TRIBga ariza bergan. U maşinasini salondan xarid qilganini aytmoqda. “Qiziği, avtomobilning özini xarid qilişdan köra unga raqam oliş bizga ança qiyin bölyapti”, – dedi u.

Uşbu holat böyiça Qaşqadaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati boşliği Mansur Egamberdiyev bilan telefon orqali boğlandik. Egamberdiyev bu muammo “Özavtomoto belgi” DUK davlat raqam belgilarini işlab çiqariş zavodida texnik-profilaktik işlar olib borilayotganligi sababli yuzaga kelayotganini bildirdi. Axborot xizmatiga köra, texnik-profilaktik işlar yakuniga yetkazilişi oxirlaşgan, tez kunlarda hududiy YHXBga davlat raqam belgilari yetkazib beriladi. Rasmiylaştiriş muddati ötkazib yuborilgani uçun jarima undiriladimi yöqmi bunga aniqlik kiritilmadi.

Murojaatçilarning Kun.uz’ga qöşimça qilişiça, YHXB xodimlari auksion orqali qöyilgan davlat raqamlarini xarid qilişda heç qanday muammo yöqligini bildirgan. Biroq aynan qöşimça tölov talab qilinmaydigan maşina raqamlari yetkazib berilmayapti. Şuningdek, ularga vaqtinça bölsada maşina boşqariş huquqini beruvçi hujjat ham taqdim qilinmayapti.