Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, viloyat IIB JQB hamda prokuratura departamentining viloyat boşqarmasi hamkorligida “Jöysoy” MFYda tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda Jizzax viloyati Ş.Raşidov tumani “X.Olimjon” MFYda yaşovçi şaxs Samarqand şahrida vaqtinça yaşayotgan Moldova Respublikasi fuqarosiga “MIDEX” (tropikamid) nomli kuçli ta’sir etuvçi dori vositalarini sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Samarqand şahar “Namozgoh” MFYda joylaşgan dorixonada voyaga yetmagan şaxs fuqarolardan biriga 28 dona “Galara” nomli va 5 (beş) yelim ampuladagi “MIDEX” (tropikamid) nomli kuçli ta’sir etuvçi dori vositalarini sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Uşbu dorixonani közdan keçiriş davomida MÇJ rahbari, 1998 yilda tuğilgan, Nurobod tumani Olga qişloğida yaşovçi şaxsga tegişli bölgan 6 698 dona “Gallara” nomli, 87 dona “MIDEX” (tropikamid) nomli va 150 “MYDRIMAX” (tropikamid) nomli dori vositalari kelgusida sotiş maqsadida saqlanib kelinayotganligi aniqlanib, tekşirib köriş uçun olingan.

Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan qöşimça suriştiruv va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.