Ötkazilgan tadbirda sud jarayonida aşyoviy dalillar sifatida ötgan qariyb 2 158,5 kg giyohvand modda maxsus peçlarda yoqib, kulga aylantirildi. Ular orasida eng kuçli giyohvand moddalardan tortib psixotrop tabletkalargaça bor.

26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarşi kuraş kuni munosabati bilan Toşent şahrida huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida maxsus tadbir ötkazildi. Unda noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvand moddalar yöq qilindi. 

Tadbirda sud jarayonida aşyoviy dalillar sifatida ötgan 2 158 kg 447,2 gr giyohvand modda maxsus peçlarda yoqib yuborildi. Yöq qilingan moddalar orasida geroin, opiy, gaşiş, köknor boşoği, marixuana va kannabis ösimligi, tetragidrokannabinol, kokain, kodein, tramadol, dezomorfin kabilar bor.

Şuningdek, maxsus peçlarga 30 kgga yaqin sintetik giyohvand vositalari, 28 990 tup köknor va 13 388 tup kannabis ösimligi, 36 640 dona tabletka, 318 dona kapsula, 39 dona ampula körinişidagi psixotrop moddalar taşlangan.