Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov umumta’lim maktablari uçun yagona maktab formasini joriy etiş masalasiga doir bayonot bilan çiqdi.

Vazirga köra, moslaşuv jarayoni uçun ma’lum vaqt kerakligini inobatga olib, yagona maktab formasi 2025 yilga qadar bosqiçma-bosqiç joriy etib boriladi.

“Yangi öquv yili, 2022 yil sentabr oyidan boşlab ota-onalar yagona formani xarid qilişiga majburiy talab qöyilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan öquvçilarga nisbatan heç qanday e’tirozlar bildirilmaydi”, dedi vazir.

Mahalliy hokimliklar tomonidan kam ta’minlangan oilalarga mahalliy budjetning qöşimça manbalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari” jamğarmalari mablağlari hisobidan maktab formasi sotib olinişiga kömak beriladi.

“Şuningdek, ota-onalarimizga alohida ta’kidlab ötmoqçi edim, maktab formasini aynan biror tadbirkordan/korxonadan xarid qiliş böyiça maktab ma’muriyati tomonidan majbur etilmaydi va bunday holatga yöl qöyilmaydi”, dedi vazir.