Latviyaning Latvijas Gaze gaz kompaniyasi Rossiya gazini yana sotib ola boşladi. Bu haqda kompaniya boşliği Aygars Kalvitis ma’lum qildi.
«Latvijas Gāze gaz sotib olmoqda, ammo «Gazprom»dan emas, çunki «Gazprom» bilan hisob-kitob qila olmaymiz. Boşqa yetkazuvçidan olyapmiz», — dedi Kalvitis.
U «tijorat siri bölgani uçun» vositaçi kimligini aytişni istamadi.
Mart oyida Vladimir Putin 1 apreldan «nodöst» mamlakatlar Rossiya gazi uçun rublda tölov qilişi belgilangan farmonni imzolagandi. Bunga Yevropaning qator mamlakatlari, jumladan, Latviya qarşi çiqqandi.
Aprel boşlarida Rossiya Latviya, Litva va Estoniyaga gaz yetkazişni töxtatdi.












