Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)ga a’zo bölgan 57 davlatdan 38 tasi Rossiyada inson huquqlari buzilişi holatlarini örganuvçi maxsus ekspertlar guruhi tuzişni qöllab-quvvatladi, deb xabar qildi payşanba, 28 iyul kuni Fransiya TIV.

Qaror «Rossiyada sönggi yillarda köplab çeklovçi va repressiv çoralar qöllanilgani bilan ifodalangan inson huquqlariga doir xavotirli vaziyat tufayli» qabul qilindi, deyiladi idora xabarida. 

Qonunbuziliş holatlarini tekşiriş uçun YeXHT «Moskva mexanizmi» deb ataladigan usuldan foydalanadi - bu usulga köra, taşkilot «Rossiyaning inson huquqlari va asosiy erkinliklari bilan boğliq hozirgi vaziyatga olib kelgan majburiyatlarini bajariş holatini baholaydigan va harakatlarni aniqlaydigan» 45 nafar mustaqil ekspertlar guruhini tanlaydi. Şu bilan birga, guruh tarkibiga sud jarayoni olib borilayotgan mamlakatning ham, jarayonni boşlagan mamlakatlarning ham ekspertlari kiritilmasligi kerak. 

AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning sözlariga köra, guruhning taşkil etilişi Rossiya rasmiylarining söz erkinligi va tinç yiğilişlarga qarşi harakatlariga, şuningdek, mamlakatda hibsga olingan odamlarning qiynoqlarga solingani haqidagi xabarlarga javob bölgan. Guruh hisoboti sentabr oyida e’lon qilinadi. 

RFning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri YeXHTda «Moskva mexanizmi» uçinçi marta qöllanilmoqda - oldingi ikki guruh Rossiya tomonidan boşlangan harbiy harakatlar bilan boğliq xalqaro gumanitar huquqning buzilişi haqidagi hisobotlarni va Ukrainada rus qöşinlari tomonidan sodir etilgan harbiy jinoyatlar haqida xabarlarni baholaş uçun birlaştirilgan. Rossiyaning YeXHTdagi missiyasi bu mavzulardagi hisobotlarni «asossiz taşviqot» deb atadi va Rossiyadan kelgan delegatsiya taşkilotning sönggi yiğilişlarida iştirok etmadi, çunki uning a’zolari uruşni qöllab-quvvatlagani uçun sanksiyalar röyxatida bölgan. 

Şu bilan birga, özini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hukumat vakillari YeXHT ekspertlari işiga aralaşdi – aprel oyida missiyaning bir neça a’zosi egallab olingan hududda hibsga olindi, bunga ularning mandati tugagani hamda Rossiya uni yangilaşdan boş tortgani sabab böldi. Bundan taşqari, kuzatuv missiyasi a’zolaridan biri Xarkivga Rossiya armiyasi tomonidan amalga oşirilgan raketa hujumi qurboni böldi. Şu bilan birga, YeXHT ma’ruzaçilari Ukrainada gumanitar huquq normalari ham Rossiya, ham Ukraina qöşinlari tomonidan buzilganini ta’kidladilar.