Xitoy qator yönalişlarda AQŞ bilan hamkorlik töxtatilganini e’lon qildi. Pekin AQŞ vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifiga javoban şunday qarorga keldi. Bu haqda Xitoy Taşqi işlar vazirligi bayonotida aytildi.
Ma’lum qilinişiça, Xitoy XXR va AQŞ Mudofaa vazirliklari vakillari uçraşuvini hamda ikki mamlakat mintaqaviy harbiy qömondonliklari darajasidagi muzokaralarni bekor qilgan.
Xitoy TIV jinoiy-huquqiy yordam, noqonuniy migrantlarni vataniga qaytariş, iqlim özgarişi, transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraş, giyohvandlik moddalarini nazorat qiliş sohalarida AQŞ bilan hamkorlikni töxtatdi.
Avvalroq Pekin Nensi Pelosi va uning oila a’zolariga qarşi sanksiyalar kiritgandi. Ta’kidlanişiça, Tayvanga taşrifi bilan Pelosi «Xitoy içki işlariga aralaşgan» va «mamlakat hududiy yaxlitligini» buzgan.
4 avgust kuni, Pelosi ketganidan söng, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Tayvanga yaqin hududda avval e’lon qilingan havo va dengiz harbiy maşğulotlarini boşladi.












