Vazir Baxtiyor Saidov va uning örinbosari Usmon Şarifxöjayev ta’limda öquvçini darslikdagi faktlarni yodlaşga örgatadigan yondaşuvdan voz keçiş haqidagi savolga javoban, bu 2025 yilgaça töliq joriy etiladigan yangi Milliy öquv dasturiga asosan amalga oşişini aytdi. “Ta’limda natija körsatişga vaqt kerak böladi”, – dedi Saidov. Şarifxöjayevning fikriça, bunda ota-onalar öz bolasining hayotga emas, testga tayyor bölişini xohlaşi – asosiy muammo.

8 avgust kuni AOKAda Xalq ta’limi vazirligining sönggi 6 oylik faoliyatiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbir davomida Kun.uz muxbiri vazir Baxtiyor Saidovga özbek maktablarida ta’lim öquvçini fikrlaşga emas, faktlarni yodlaşga qaratilgan bölib qolayotgani va Özbekiston sohani isloh qilişda qaysi davlat tajribasidan borişi haqida savollar bilan murojaat qildi.

Baxtiyor Saidov savolga javob berarkan, avvalo jurnalistning maktab bolalarini fikrlaşga örgatiş borasidagi fikri asosli ekanini bildirdi.

“Şaxsan özim dekabr oyidan öquv yili yakuni bölgan may oyigaça respublikadagi 998 ta maktabda böldim, vazirlik jamoasi bilan esa guruhlarga bölinib jami 10 130 ta maktabning 4 mingdan ortiğiga kirib çiqdik. Özim kirgan maktablarda köproq 11-sinf öquvçilari va ularning ustozlari bilan suhbatlaşişga harakat qildim.

Bitiruvçilar bilan gaplaşarkanman, ta’lim sifati, ta’limga e’tibor va ularning qiziqişlaridan kelib çiqqanda, afsuski, kamçiliklarimiz juda köp ekanini tuşundim. Biz bu muammolarni bartaraf etişimiz şart”, – dedi vazir.

Baxtiyor Saidov / Foto: Kun.uz

U, şuningdek, Özbekiston sohani isloh qilişda qaysi davlat tajribasini köproq qöllaşi haqidagi savolga ham javob berdi.

“Özbekiston özining modeli böyiça boradi degan fikrdaman. Nega? Biz ilğor davlatlarning ilğor tajribasidan faqat ayrim qismlarni olamiz. Ya’ni biz aynan Singapur tajribasini Özbekistonga olib kelsak, u bizga töğri kelmaydi. Buyuk Britaniya, Finlandiya, Xitoy tajribasi ham şunday, öz xalqi, davlatiga mos metodika. Bizda öz metodikamiz bor. Alohida qayd etiş kerak, 503 ming nafar ustozlarimizning orasida eng fidoyilari ham bor.

Biz metodika, tizim yaratiş jarayonidamiz. Ta’limning özbekça qolipi iş bermadi degan fikringizga qöşilmayman, çunki hali qolip qilib qöyganimiz yöq, buni oçiq aytiş kerak. Men yuqorida yangi darsliklar haqida gapirdim. Bu yil şu törtta sinf darsliklarini özgartiramiz va uning natijasini bosqiçma-bosqiç baholab boramiz.

Keçirasizlar, ta’limda natija qilişga ma’lum vaqt kerak böladi. Men maktablarda dars berayotgan 503 mingdan ortiq ustozlarimiz haqida bekorga gapirmayapman. Ular içida juda fidoyi va hurmatga sazovor ustozlarimiz bor. Biz ularga faqatgina metodikani berişimiz kerak. Buning uçun xorijiy va mahalliy mutaxassislarni hududlarga olib boriş va boşqa çoralar köriladi.

Siz aytayotgan qolipga esa hali tuşganimiz yöq. Men buni oçiq aytişim kerak. Çunki biz darsliklarni navbati bilan özgartiramiz. Bu yil törtta sinf, keyingi yil adaşmasam ikkita sinf, keyin yana ikkita sinf... 2025 yilga borib 11 ta sinfning barçasida yangi avlod darsliklariga ötgan bölamiz”, – dedi XTV rahbari.

Baxtiyor Saidovning javoblarini uning birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev töldirdi.

“Bizda Milliy öquv dasturi ötgan yildan e’tiboran, 1-2-sinflardan boşlab bosqiçma-bosqiç joriy qilinmoqda. Bu yil törtta sinf qöşiladi. Milliy dasturda öquvçilar egallaşi kerak bölgan turli könikmalar belgilangan. Ya’ni bugun bitirayotgan bola ertaga jamiyatda qanday könikmalarga ega bölişi kerak? Bunda oldinga ham qaraşimiz kerak.

Lekin bizda asosiy muammo – uzoq yillar davomida ota-onalarning asosiy maqsadi bolasining oliy öquv yurtiga kirişi bölib qolgan. Menimça, 99 foiz ota-onaning maqsadi şu. Xöş, şunday paytda bolalarni qanday qilib biz aytayotgan maqsadlarga yetaklaş mumkin? Ota-onalarning asosiy maqsadi bolasida jamiyatda kerak böladigan könikmalarning şakllanişi emas, uning test yeçişi bölib qolgan.

Özbekistonda repetitor bozori rivojlanib ketgan, degan e’tirozlar ham şundan kelib çiqadi. Ota-onalar bolam hamma fanlarni öqimaydi, 3-4ta fanni yod olib öqiydi va testlardan ötadi, degan fikrdan qaytmagunça, bu mavzuni gapiraveramiz.

Afsuski, kelayotgan 2-3 yilda bitiruvçilarimiz birdaniga özgarib qoladi deb ayta olmaymiz. Qaçon natija böladi, degan savolingizga uzoq muddat deyişim notöğridir, lekin, keling, bu yil 1-2 sinfga kelayotgan bolalarni köraylik – ular yangi darsliklar böyiça öqimoqda. Siz bilan tajriba qilib köraylik, sentabrda şu bolalar bilan suhbat qilib, dasturda nima borligiga qarab, taxminan may oyida yana suhbat qilaylik. Şunda siz bilan, jamoatçilik bilan baho bera olamiz. Aminmanki, hozirgi 1-2-sinflar 11-sinfni bitirayotganida, ota-onalarning bolalariga talabi özgargani sari, holat ham özgaradi”, – dedi Şarifxöjayev.

Eslatib ötamiz, prezident farmoniga asosan 2024 yil 1 sentabrga qadar yangi Milliy öquv dasturi ta’lim jarayoniga töliq joriy etilişi lozim: 2022 yil yakuniga qadar 3-, 6-, 7- va 10-sinflar uçun, 2023-2024 yillarda 4-, 5-, 8-, 9- va 11-sinflar uçun yangi metodika va standartlarga asoslangan darsliklar yaratilişi zarur.

Kun.uz may oyida tasdiqlangan xalq ta’limidagi yangi 5 yillik islohotlar rejasi şarhini taqdim etgan edi.