Hindistonning Çennay şahrida 29 iyuldan 9 avgustga qadar davom etgan Şaxmat olimpiadasida har bir doskaning eng yaxşilariga individual mukofotlar ham topşirildi. 

Olimpiadaning sönggi turida Özbekiston jamoasi Niderlandiya vakillarini 2,5:1,5 hisobida mağlub etib, turnir çempioniga aylandi.

Özbekistonlik sportçilar turnirdagi natijalari evaziga şaxsiy körsatkiçlarini yaxşilab olişdi. Turnir reytingi maxsus jadvallar böyiça raqiblarning örtaça reytingi va natijasiga köra, dastlabki reytingni belgilaş tartibiga öxşaş tarzda aniqlanadi. Agar öyinçining uşbu turnirdagi körsatkiçi amaldagi reytingidan yuqori bölsa, bu öyinçi öz reytingini oşiradi, pastroq bölsa, uni tuşiradi. Xalqaro şaxmat federatsiyasining şaxmat reytingi har oy yangilanadi va Elo reyting tizimining hisoblaş usuliga asoslanadi.

Törtinçi doskada 27 yoşli Jahongir Vohidov (2564) 8 uçraşuv ötkazib, 5 tasida ğalaba qozondi, şu jumladan, Niderlandiya bilan hal qiluvçi öyinda ham, va u uç bor mağlubiyatsiz durang qayd etdi (8 öyinda 6,5 oçko). Uning körsatkiçlari 2813 ga yetdi, buning uçun u oltin medal bilan taqdirlandi.

FIDE reytingining navbatdagi yangilanişida uning körsatkiçi 19,5 punktga kötarilib, 2583 taga yetişi kutilmoqda.

Ikkinçi örinni litvalik 20 yoşli Paulyus Pultineviçyus (2539), uçinçi örinni ispaniyalik 26 yoşli Xayme Santos Latasa (2675) egalladi.

Birinçi doskada 17 yoşli Nodirbek Abdusattorov 11 tur davomida sakkizta ğalabaga erişdi, jumladan, 10-turda Hindiston-2 jamoasi a’zosi Gukeş Dommarajuga qarşi öyinda muhim ğalabani qölga kiritdi, uç marta durang öynadi va bir marta mağlub böldi (8,5/11). Özbekistonlik şaxmatçi 2688 reyting bilan 2803 ball körsatkiç qayd etdi. Buning evaziga u kumuş medalni qölga kiritdi. FIDe reytingining navbatdagi yangilanişida uning körsatkiçi 21 poğonaga — 2698 tagaça, reytingdagi örni esa 41 (+23) poğonaga kötarilişi kutilmoqda.

Eng yaxşi körsatkiçni (2867) Hindiston-2 jamoasidan 16 yoşli Gukeş Dommaraju (2684) qayd etdi, u 8 ğalaba, ikki durang va bir mağlubiyat natijani körsatdi (9/11).

Uçinçi örinni jahon çempioni 31 yoşli Magnus Karlsen (2864) egalladi, u öz reytingidan (2803) pastroq natija körsatdi. Şu bilan birga, norvegiyalik atigi 9 ta uçraşuv (7,5/9) ötkazdi va turnirning sönggi kunida öz örnini jamoadoşiga topşirdi. 

Ikkinçi doskada 20 yoşli Nodirbek Yakubbayev (2620) 11 turda beşta ğalaba, oltita durang qayd etdi va birorta ham mağlubiyatga uçramadi (8/11). Natijada, turnirdagi körsatkiçi 2759 ga yetdi va bu unga bronza medali olib keldi.

Uning FIDE reytingi 19,8 punktga kötarilib, 2639,8 ga yetişi kutilmoqda.

Birinçi örinni Hindiston-2 jamoasidan 18 yoşli Nixal Sarin (2651 — 7,5/10), ikkinçi örinni gretsiyalik 21 yoşli Nikolas Teodoru (2575 — 7,5/9) egalladi.

16 yoşli Javohir Sindarov (2629) öz reytingidan biroz yaxşiroq natija körsatdi va uçinçi doskada 9-örinni egalladi.

Bundan taşqari, Özbekiston erkaklar terma jamoasi turnirdagi eng çiroyli kiyim uçun ham mukofot oldi.

Ayollar termasi esa 162 jamoa orasida 31-örinni egalladi.