23 avgust, seşanba kuni Amerika hukumatining rasmiy vakili ma’lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Ukrainaga qariyb 3 milliard dollar miqdoridagi yangi harbiy yordamni e’lon qiladi. Bu uruşning butun olti oyida Kiyevga körsatilgan eng yirik harbiy yordam paketi böladi.

U 24 avgustda nişonlanadigan Ukrainaning Mustaqillik kuniga bağişlangan. U Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusiga (USAI) Kongress ajratgan mablağlardan beriladi. USAI Bayden ma’muriyatiga qurollarni mavjud zaxiralardan oliş örniga, harbiy sanoatdan sotib olişga ruxsat beradi.

Mablağlar Kiyevga örta va uzoq muddatda mudofaasini kuçaytirişga yordam beradigan dron va boşqa qurollar böyiça şartnomalarni moliyalaştiradi. Şu bilan birga, Amerika rahbariyati ukrainalik harbiylarni mamlakat taşqarisida tayyorlaş böyiça sa’y-harakatlarni kuçaytirişi kutilmoqda. Avvalgi qurol yetkazib beriş Ukrainaning şoşilinç harbiy ehtiyojlarini qondiriş uçun amalga oşirilgan. 

AQŞning Ukrainaga bergan harbiy yordami miqdori 10,6 milliard dollarga yetdi, deb xabar qilmoqda Reuters. AQŞ oxirgi marta 19 avgust kuni Kiyevga harbiy yordam körsatganini e’lon qilgan edi. Öşanda bu taxminan 775 million dollar edi. 

Pentagon ma’lumotlariga köra, uşbu paketga, jumladan, Amerikaning HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun qöşimça snaryadlar, Ukrainaga Buyuk Britaniya tomonidan ilgari yetkazib berilgan 16 105 mm gaubitsa, 15 ta ScanEagle razvedka droni, 40 ta MaxxPro Mine Resistant Ambush Protected zirhli maşinalar, HARM qöşimça yuqori tezlikdagi radarga qarşi raketalar, 1,5 mingta TOW tankka qarşi raketa tizimlari, 1 mingta Javelin tankka qarşi raketa tizimlari kiradi.