Özbekiston boş vaziri örinbosari - investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va Belarus boş vaziri örinbosari Leonid Zayats hamraisligida Minsk şahrida ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiya 9-yiğilişi bölib ötdi.

Sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlik yönalişlari va qöşma taşabbuslarni işlab çiqiş maqsadida şu yil sentabr oyida Toşkent şahrida Özbekiston-Belarus biznes kengaşi ikkinçi yiğilişini ötkazişga kelişildi.

Belarusda 2023 yil birinçi yarmida fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik böyiça Belarus-Özbekiston komissiyasi 2-yiğilişini qatnaşçilar bevosita iştirokida ötkaziş, tasdiqlangan qöşma ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik dasturini IT, raqamlaştiriş va yuqori texnologiyalar sohasidagi taşabbus va loyihalar bilan boyitiş töğrisida kelişuvga erişildi.

Belarus fuqarolari uçun «Oila uçun turizm», «Quyoşli ta’til», «Vitaminli tur», «Öqiş va sayohat» kabi maxsus turistik xizmatlarini taşkil etişga tayyorlik bildirildi. Belarus joriy yil noyabr oyida bölib ötadigan Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi va 2023 yilda Samarqand şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan BMT jahon turizm taşkiloti boş assambleyasi 25-sessiyasiga taklif qilindi.

2023-2026 yillarda Özbekiston va Belarus yetakçi oliy öquv yurtlari örtasida «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş va tasdiqlaş, Özbekistonda «Belarus kinosi kunlari» va Belarusda «Özbek kinosi kunlari»ni ötkazişga kelişildi.

Yiğiliş yakunlari böyiça kelişuvlarni aks ettiruvçi yakuniy protokol, ikki davlat hukumat rahbarlari özaro taşriflarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça «Yöl xaritasi» imzolandi.