Rossiya xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev sentabrda mamlakat prezidenti Vladimir Putin migratsiya siyosati masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazişini ma’lum qildi.
Medvedevning sözlariga köra, hozirda xorijliklarning Rossiya hududida bölib turişini tartibga soluvçi «umumiy qonun loyihasi» tayyorlanmoqda.
«Sentyarbda bu masala xavfsizlik kengaşi yiğilişida körib çiqiladi. Şu sababli xorijliklarning mamlakatimizga kirib-çiqişi va bölib turişini tartibga soluvçi yangi umumiy qonun loyihasi tayyorlanmoqda»,— dedi u.
Medvedev mazku qonun loyihasi töğrisida aprelda ham söz yuritgandi. Öşanda u Rossiyaga kirib kelayotgan xorijliklar töğrisidagi ma’lumotlarning yagona reyestri tuzilişini qöllab-quvvatlaşini aytgandi.
Dmitriy Medvedev ötgan yili ham migrantlar örtasida jinoyatlar sodir etilişi köpaygani va migratsiya siyosatiga özgartirişlar kiritiş zarurligini bildirgandi.












