Marosimda xorazmlik yoşullilar, ayollar, yoşlar iştirok etdi. Prezident ular bilan muloqot qildi.
– Bugungi zamonaviy ilm-fanning, elektron kaşfiyotlarning tub zamini Al-Xorazmiy bobomizning mislsiz ilmiy merosi bilan boğliq. Biz bu bilan nafaqat faxrlanişimiz, balki unga munosib bölişimiz kerak. Şuning uçun Urganç şahrida buyuk olim nomi bilan ataladigan alohida şaharça barpo etişga qaror qildik, – dedi davlat rahbari.

Majmua Urganç xalqaro aeroporti yaqinida, 130 gektardan ziyod hududda bunyod qilinadi. Samolyotdan tuşgan har qanday odamning köz öngida avvalo şu maskan namoyon böladi. Şaharça markazida Xorazmiy haykali örnatiladi.
Bu yerda Al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet barpo etiladi. Uning qoşida iste’dodli bolalar uçun ixtisoslaşgan maktab quriladi. Ularda öqigan yoşlar şaharçada bunyod etiladigan ilm-fan, innovatsiya va madaniyat markazlarida faoliyat körsatadi.

Şuningdek, bu yerda texnopark va ofislar, tibbiyot, innovatsiya va madaniyat markazlari, xiyobonlar, maktab va boğçalar, sport majmualari, avtoturargoh, savdo va maişiy binolar böladi. 5 mingta xonadonli 104 ta köp qavatli uy-joy barpo etiladi. Inşootlar “aqlli texnologiyalar” asosida jihozlanadi.
Davlat rahbari majmua bunyodkorlarini mustaqillik bayrami bilan tabriklab, işlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Şundan söng prezident Xorazmga taşrifini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi.












