Eron Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda işlatilişi kerak bölgan uçuvçisiz uçiş apparatlarining birinçi partiyasini jönatdi, deb yozadi 29 avgust, duşanba kuni Amerikaning The Washington Post (WP) naşri.
Gap kamida ikkita turdagi jangovar uçuvçisiz uçar qurilmalar, xususan, radar tizimlari, artilleriya inşootlari va boşqa harbiy obektlarni öqqa tutiş uçun möljallangan Mohajer-6 va Shahed dronlari haqida bormoqda. WP naşriga köra, Rossiya transport samolyotlari 19 avgust kuni tegişli yuk bilan Erondan havoga kötarilgan.
Naşrning AQŞ razvedkasiga yaqin bölgan suhbatdoşlariga tayanib yozişiça, Rossiya qabul qilingan uçuvçisiz uçoqlarni işlatişda köplab nosozliklarga duç kelgan.
Anonim qolişni istagan Amerika razvedka xizmatlari vakillarining sözlariga köra, birinçi sinovlardan söng rossiyalik harbiylar Eronning ba’zi dronlari foydalanişga yaroqsiz ekanidan «norozi» bölgan. Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar Moskva Tehrondan yuzlab şunday uçuvçisiz uçoqlarni sotib olmoqçi, deb hisoblayapti.
Ayni paytda, 19 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehronda Islom Respublikasi rahbari Ibrohim Raisiy bilan uçraşdi. Rossiya Eronni potensial qurol yetkazib beruvçi sifatida köradi, u bilan sanksiyalarni çetlab ötiş va çeklovlar ostida neft eksport qiliş böyiça tajriba almaşişi mumkin.
Avvalroq, 16 iyul kuni CNN mediakompaniyasi Rossiya hukumati delegatsiyasi Moskva Tehron bilan yetkazib beriş masalasini muhokama qilayotgan uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA)ni tekşiriş uçun ikki marta Eronning Koşan aerodromiga taşrif buyurgani haqida xabar bergan edi. Rossiya rasmiylari aniq boşqariladigan raketalar bilan jihozlanişi mumkin bölgan Eronning Shahed-191 va Shahed-129 uçuvçisiz uçoqlarini örganmoqda, deya xabar bergan CNN manbalari.
Bundan sal oldin AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan «Eron hukumati Rossiyaga tezlaştirilgan asosda bir neça yuztagaça UUA, jumladan, qurol olib yurişga qodir UUAlar berişga tayyorlanayotganini» aytgan edi.













