Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz bir yilligiga bağişlangan tantanali marosimda nutq sözladi.

Davlat rahbari sözining avvalida butun xalqni uluğ ayyom – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

«Oradan yillar, asrlar ötadi. Lekin milliy davlatçiligimizni, özligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barça yutuq va marralarimizning zamini bölgan Mustaqillik kuni biz uçun, kelgusi avlodlarimiz uçun doimo eng uluğ, eng aziz bayram bölib qoladi», dedi prezident.

Davlat rahbari bugun Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasi jadal amalga oşirayotganini ta’kidladi.

«Yangi Özbekiston:

– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxşilaş maqsadida davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun keng imkoniyatlar beradigan;

– odamlar öz muammolari haqida oçiq gapirişi va ularning yeçimi uçun birgalikda harakat qilişlariga barça şaroitlar mavjud bölgan; 

– hamma uçun adolatni sözsiz ta’minlaş imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bölgan;

– tadbirkorlikning rivojlanişi uçun zarur şaroitlar yaratilgan davlatdir. 

Bir söz bilan aytganda, Yangi Özbekiston deganda, har bir fuqarosi uçun ğamxörlik qiladigan, oçiq va adolatli jamiyat ham tuşuniladi», dedi prezident.

Prezident uşbu yuksak marralarga erişiş uçun 2026 yilgaça Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi. 

Birinçi yönaliş – ta’lim

“Men doim aytganman va yana qaytaraman, biz uçun birinçi örinda ta’lim, ta’lim va yana ta’lim turadi. Farzandlarimiz zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaşlari uçun eng qulay şaroitlar yaratişni izçil davom ettiramiz”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyevga köra, maktab bitiruvçilar zamonaviy könikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta özlaştirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan va dunyoqaraşi keng şaxslar bölişi lozim.

“Buning uçun, maktablarning öquv dasturlari, öqitiş uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta körib çiqiladi. Uşbu tizim avval ilğor xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan ötkazilib, keyingina hayotga tadbiq etiladi”, – dedi davlat rahbari.

Ikkinçi yönaliş – sud

“Sud tizimi mustaqil bölmas ekan, jamiyatimizda rivojlaniş bölmaydi”, – ta’kidladi Mirziyoyev.

“Sud idorasiga işi tuşgan har bir şaxs uşbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga işonç hosil qilişi lozim. Yangi Özbekistonda har qanday bahsli masalaga adolatli yeçim faqat odil sud tomonidan topilişi kerak. Sudyalar işiga har qanday aralaşuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz işlaşi uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi”, – dedi prezident.

Uçinçi yönaliş – tadbirkorlik

“Xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barça tösiqlar bartaraf etiladi. Davlat boşqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat iştiroki keskin kamaytiriladi.

Biz aholi va tadbirkorlarga soliq yukini yengillaştiriş, soliq tizimini soddalaştiriş böyiça islohotlarni izçil davom ettiramiz. Bunda heç kimga alohida imtiyozlar berilmaydi, soğlom raqobat muhiti uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Törtinçi yönaliş – tibbiyot

“Törtinçidan, soğliqni saqlaş tizimida aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiramiz.

Barça hududlarda şoşilinç tibbiy yordam qamrovini oşirib, uni odamlarga yanada yaqinlaştiramiz.

Maqsadimiz – xalqimiz soğlom hayot keçirişi va örtaça umr köriş darajasini uzaytirişga erişiş”, – dedi davlat rahbari.

Beşinçi yönaliş – içimlik suvi

“Aholini toza içimlik suvi bilan ta’minlaş masalasi doimo diqqatimiz markazida böladi.

Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin köpaytiriladi. Şu bilan birga, muammoli hududlarga toza içimlik suvini yetkaziş va sifatini yaxşilaş böyiça alohida dasturlarni amalga oşiramiz”, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

«Albatta, bunday keng kölamli vazifalarni amalga oşirişda oldimizda turli qiyinçilik va muammolar paydo bölişi tabiiy hol. Lekin öz tarixida qança-qança sinov va maşaqqatlarni boşidan keçirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinçilikni yengib ötişga qodir. Men bunga qat’iy işonaman.

Asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bölgan – yangilanayotgan Konstitutsiyamiz bu yölda mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qiladi.

Asosiy qonunimizni şoşilmasdan, çuqur öylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.

Işonçim komil, Yangi Konstitutsiyamiz çinakam xalq Qomusi, çinakam xalq Konstitutsiyasi böladi.

Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni faol qöllab-quvvatlab, ularni amalga oşirişda doimo fidoiylik körsatib kelayotgan mehnatkaş, olijanob va bağrikeng xalqimizga çin dildan ta’zim qilaman.

Siz, aziz yurtdoşlarimni Özbekiston mustaqilligining öttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxt-u saodat, fayzu baraka tilayman.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oşsin!

Yaratganning özi barçamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinç, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bölsin!», dedi davlat rahbari.