«Katta yettilik» mamlakatlari moliya vazirlari Rossiya neft va neft mahsulotlariga çeklov joriy etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Berlindagi uçraşuv yakunlari böyiça 2 sentabr, juma kuni qabul qilingan qöşma bayonotda aytiladi.
«Bugun biz butun dunyo böylab Rossiyadan xom neft va neft mahsulotlarini dengiz orqali taşiş imkonini beruvçi xizmatlarni töliq taqiqlaş va amalga oşiriş böyiça qöşma siyosiy niyatimizni yana bir bor tasdiqlaymiz - bunday xizmatlarni taqdim etişga faqat neft va neft mahsulotlari ruxsat etiladi. Neft narx çegarasiga rioya qiluvçi va amalga oşiruvçi mamlakatlarning keng koalitsiyasi tomonidan belgilangan darajaga teng yoki undan past narxda sotib olinadi», deyiladi Buyuk Britaniya hukumati veb-saytida e’lon qilingan hujjatda.
Vazirlarning ta’kidlaşiça, narxlarni çeklaş Rossiyaning neft daromadlarini qisqartiriş va Ukrainaga qarşi «tajovuzkor uruşini moliyalaştiriş» qobiliyatini zaiflaştiriş, şu bilan birga, uruşning global energiya narxlariga, ayniqsa, past va örta daromadli mamlakatlar uçun ta’sirini qisqartiriş maqsadida amalga oşirilmoqda. Bayonotda aytilişiça, boşlanğiç narx çegarasi «qator texnik parametrlarga asoslangan darajada» belgilanadi va butun koalitsiya tomonidan kelişib olinadi. Keyin uni qayta körib çiqiş mumkin.
«Katta yettilik» mamlakatlari moliya idoralari rahbarlari, şuningdek, neft eksport qiluvçi davlatlarni energiya bozoridagi özgaruvçanlikni kamaytiriş maqsadida qazib olişni köpaytirişga çaqirdi.












