Vazirlik xabariga köra, joriy öquv yilida 702 000 nafar bolalar umumta’lim maktablari 1-sinfiga qabul qilindi. Ularga 12 turdagi öquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovğalari topşirildi.
Maktablarda tahsil olayotgan 6 469 737 nafar öquvçi iştirokida taşkil etilgan “Birinçi qönğiroq” tadbirlarida mahalliy hokimliklar hamda keng jamoatçilik vakillari, mahalla faollari, öquvçilar va ularning ota-onalari iştirok etdi.
“Birinçi qönğiroq” tadbirlari “Yangi Özbekistonda el aziz, inson aziz” şiori ostida taşkil etildi, unda maktablar közga köringan bitiruvçilari hamda davlat idoralari rahbarlari qatnaşdi.
Respublikadagi barça umumta’lim maktablarida 2022-2023 öquv yili birinçi dars soati — “Mustaqillik darslari” bölib ötyapti.












