Rossiya Markaziy banki (MB) rossiyalik brokerlarga «nodöstona» mamlakatlarning qimmatli qoğozlarini malakasiz investorlarga sotişni taqiqlamoqçi. Bu haqda regulyator 6 sentabr, seşanba kuni ma’lum qildi. 

Şu tariqa, 1 oktyabrdan boşlab, agar bitim natijasida ularning malakasiz investor portfelidagi uluşi 15 foizdan oşsa, brokerlar bunday qimmatli qoğozlarni sotib oliş töğrisidagi buyruqni bajara olmaydi. Noyabrdan boşlab çegara portfelning 10 foizini, dekabrdan esa 5 foizni taşkil etadi. 2023 yil 1 yanvardan boşlab brokerlar malakasiz investorning xorijiy emitentlar qimmatli qoğozlarini «döstona bölmagan» mamlakatlardan sotib oliş böyiça har qanday körsatmalari bajarilişini töxtatib qöyişi kerak. 

Çeklovlar qisqa pozitsiyalarni yopiş operatsiyalariga, şuningdek, Rossiya kompaniyalari va «döstona bölmagan» mamlakatlar emitentlari xorijiy qimmatli qoğozlari bilan operatsiyalarga taalluqli emas, deyiladi Markaziy bank xabarida. 

Rossiya Markaziy banki uşbu taqiq bilan malakasiz investorlar uçun infratuzilma risklarini minimallaştirişni xohlayotganini tuşuntirdi. «Bunday qimmatli qoğozlar hisobini yurituvçi xorijiy moliya institutlari sotib olingan aktivlarni ogohlantirişsiz tasarruf etiş imkoniyatini bloklaşi mumkin», — deya qayd etadi tartibga soluvçi organ. Uşbu qimmatli qoğozlar egalarining huquqlarini himoya qiliş «keyin» juda qiyin, çunki muammoni hal qiliş «Rossiya yurisdiksiyasidan taşqarida», deya qöşimça qildi Markaziy bank. 

Rossiya hukumati joriy yilning mart oyida «döstona bölmagan» davlatlar röyxatini tuzgan. Hozir röyxatga 50 ga yaqin davlat, jumladan, Yevropa ittifoqiga a’zo barça 27 davlat kiradi. 

Qimmatli qoğozlar töğrisidagi federal qonunga kiritilgan özgartirişlar bilan malakali investor tuşunçasi aniqlaştirildi. Ular birja va birjadan taşqari bozorlarda sotiladigan barça vositalardan foydalaniş imkoniyatiga ega. Uşbu maqom quyidagi şartlardan biri bajarilgan taqdirda olinişi mumkin: 6 million rubl qiymatidagi aktivlarga ega böliş yoki bir yil içida şunga öxşaş summaga bitimlar tuziş, qimmatli qoğozlar bilan şuğullanadigan kompaniyada tajribaga ega böliş, oliy iqtisodiy ma’lumot yoki birja sohasidagi bilimni tasdiqlovçi malaka sertifikatiga ega böliş.