Bryussel şahrida bölgan Özbekiston taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Vladimir Norov boşçiligidagi delegatsiya "Yevropa yetakçilari sammiti-2022" global sayyohlik forumida iştirok etdi.

Özbekiston delegatsiyasi forum davomida "Investitsiyalar, özaro boğliqlik va mehmondöstlik" mavzusida ma’ruza bilan sözga çiqib, mamlakat sayyohlik salohiyati, milliy iqtisodiyot strategik tarmoqlaridan biri bölgan turizm sohasini qöllab-quvvatlaş böyiça olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.

Forum iştirokçilari 2023 yilda Xiva va Samarqand şaharlarida bölib ötadigan "Yevropa ittifoqi - Markaziy Osiyo" turizm forumi hamda Butunjahon sayyohlik taşkiloti boş assambleyasi 25-sessiyasiga taklif etildi.