Yana bir deputat Rossiya prezidenti Vladimir Putinni davlatga xiyonatda ayblagani uçun jarimaga tortildi. Sankt-Peterburg sudi Smolninskoye munitsipaliteti kengaşi deputati Nikita Yuferevga hokimiyatni obrösizlantiriş moddasi böyiça jarima belgiladi. Jarima miqdori 46 ming rublni taşkil etadi, dedi Yuferev 15 sentabr, payşanba kuni Twitter’dagi mikroblogida. 

Avvalroq Nikita Yuferev hamkasblari bilan birgalikda Rossiya Davlat dumasiga Putinni davlatga xiyonatda ayblaş taklifi bilan murojaat qilgan edi. 14 sentabr kuni hokimiyatni obrösizlantiriş haqidagi xuddi şu moddaga köra, yana bir Smolninskoye munitsipal deputati Dmitriy Palyuga 47 ming rubl jarimaga tortildi. Deputatlar sud qarori ustidan şikoyat qilmoqçi. 

Sud qaroriga köra, 7 sentabr kuni keçqurun Palyuga Smolninskoye munitsipaliteti binosiga kiraverişda böla turib, «Rossiyaning amaldagi hukumatini obrösizlantirişga qaratilgan nutqi bilan noma’lum odamlar doirasiga» murojaat qilgan. U gapirayotgan paytida, Yuferev uni qöllab-quvvatlab turgan. 

Munitsipal deputatlar Davlat dumasiga murojaat qilib, uni Vladimir Putinni keyinroq iste’foga çiqariş uçun davlatga xiyonatda ayblaşga çaqirdi. Ular fikriça, Putinning Ukrainaga qurolli bostirib kiriş haqidagi qarori Rossiya va uning fuqarolari xavfsizligiga ziyon yetkazadi. Murojaatni aksariyati Smolninskoye munitsipalitetidan bölgan yetti nafar deputat qöllab-quvvatladi.

Bölayotgan voqealar fonida sud Sankt-Peterburg gubernatoriga Smolninskoye munitsipalitet kengaşini tarqatib yuborişga ruxsat berdi. Şahar prokuraturasi 2021 yilda kengaş uç oydan ortiq vaqt davomida yiğilmaganligini bildirib, sudga murojaat qilgandi. Ammo eşituvlar doimo keyinga qoldirilgan. 

Moskva, Sankt-Peterburg va Viborg şaharlarining turli munitsipalitetlaridan bölgan yana bir qança deputatlar ham Putinning iste’fosini talab qilişdi.