COVID-19 pandemiyasini tugagan deb hisoblaş mumkin, dedi AQŞ prezidenti Jo Bayden. «Bizda hali ham kovid bilan boğliq muammolar bor, buning ustida köp işlayapmiz. Ammo pandemiya tugadi. Agar e’tibor bersangiz, heç kim niqob taqmayapti. Hamma juda yaxşi holatda. Menimça, vaziyat özgarmoqda», dedi u 18 sentabr, yakşanba kuni keçqurun CBS telekanalida efirga uzatilgan intervyu davomida.
Xuddi şu intervyuda Bayden pandemiyaning umumiy ta’sirini yengil qabul qilmayotganini aytdi. Xususan, uning «Amerika ruhiyatiga ulkan ta’siri» va odamlarning öziga, yaqinlariga hamda millatiga bölgan munosabatidagi jiddiy özgarişlarni tan oldi. Bundan taşqari, AQŞ bir million odamini yöqotdi, deya qöşimça qildi prezident.
Politico jurnalining uning ma’muriyati ikki rasmiysiga tayanib yozişiça, Baydenning bayonotlari oldindan rejalaştirilgan bayonotlar röyxatiga kiritilmagan.
Ayni paytda, Jon Hopkins universiteti ma’lumotlariga köra, sönggi 28 kun içida AQŞda 2 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi rasman aniqlangan, har kuni yuzlab odamlar uning oqibatlaridan vafot etadi. Jo Baydenning özi iyul oyida ikkinçi marta koronavirus infeksiyasiga çalindi, kasallik yengil alomatlar bilan ötdi.












