Qaşqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov turizm sohasida viloyatning körsatkiçlari yaxşi bölmagani uçun hayfsan oldi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatning içki va taşqi turizm salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Yiğilişda ta’kidlanişiça, yil boşidan Samarqand – 900 ming, Farğona – 850 ming, Andijon – 650 ming içki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peşqadam böldi. Lekin ayrim viloyat, tuman va şaharlar natijalari yaxşi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming içki sayyoh taşrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ança kam böldi. 

«Çetdan kelgan turistlar uçun körsatilgan xizmatlar Qaşqadaryoda juda past bölib, Şahrisabz, Yakkaboğ, Qamaşi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman körsatilmagan.

Şu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat körsatişdan tuşumlar qolgan hududlardan ança orqada. Ayniqsa, Şerobod, Oltinsoy, Kosonsoy, Töraqörğon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyöl, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman körsatilmagan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Işlarni yetarli darajada taşkil etmagani uçun:

  • Qaşqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;
  • Şahrisabz, Yakkaboğ, Qamaşi, Kasbi, Kosonsoy, Töraqörğon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Şerobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyöl, Xiva tumanlari hokimlari bugun işdan olinib, özgariş qiliş uçun ularga uç oy sinov muddati beriladi.