Ozarboyjonning Azal aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni boşlamoqda. Boku — Samarqand yönalişi böyiça birinçi reys 5 oktyabr kuniga belgilangan.
Uzbekistan Airports xabariga köra, bu yönalişda muntazam parvozlar haftasiga ikki marta Airbus A320 samolyotlarida: seşanba va juma kunlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Samarqand xalqaro aeroportida hokimlik, Özbekistondagi Ozarboyjon diasporasi, Uzbekistan Airports, Air Marakanda va Azal aviakompaniyalari vakillari iştirokida ilk reysning tantanali kutib olinişi rejalaştirilgan.
1992 yilda taşkil etilgan «Ozarboyjon havo yöllari» (Azal) yirik aviataşuvçi bölib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bölgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakçilardan biri hisoblanadi.
Samarqand Ozarboyjon aviataşuvçisi parvoz qiladigan Özbekistondagi ikkinçi şaharga aylanadi. Bokudan Toşkentga parvozlar muntazam ravişda payşanba va yakşanba kunlari amalga oşirilmoqda.












